Mirziyoyev arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etadi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 19-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga tashrif buyuradi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi elchisi Xisham bin Mishal bin Suvaylim al-Suvaylim - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoni podshohligining yangi elchisi Abdulaziz Kamilov qabulida bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan 2017-yil 21-may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘ladigan arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etadi.

"Davlatimiz rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan shu yilning 19-20 may kunlari amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘lishi haqida xabar bergan edik.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0