Rossiya Ichki ishlar vaziri O‘zbekistonga keldi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMinistr vnutrennix del RF Vladimir Kolokolsev
Ministr vnutrennix del RF Vladimir Kolokolsev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur tashrifning maqsadi ikki mamlakat orasidagi do‘stona hamkorlikni davom ettirish hamda regional va xalqaro muammolarni hal qilishda hamkorlik qilishdir.

TOShKENT, 23-may — Sputnik. Bugun Rossiya ichki ishlar Vaziri politsiya generali V.A.Kolokolsev boshchiligidagi delegatsiyasi Samarqand shahriga yetib keldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston IIV.

Yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri general-mayor A.Azizov, Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchisi V.Turdenev va respublikaning boshqa rasmiy kishilari kutib oldilar.

Ertaga Toshkentda Rossiya IIV delegatsiyasi O‘zbekistonning bir necha muassasalarida bo‘lib u yerda qator ikki taraflama muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirgan.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar O‘zbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirliklari orasida o‘zaro hamkorlik Protokolni imzolashi kutilmoqda. Ushbu hujjat ikkala mamlakat huquq-tartibot organlarining yaqin kelajakda o‘zaro manfaatli va konstruktiv ish olib borishlari uchun samarali dastak bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur tashrif aprel oyining boshida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi davlat rahbarlari orasida bo‘lib o‘tgan suhbatning mantiqiy davomi bo‘lib, uning maqsadi  ikki mamlakat orasidagi do‘stona hamkorlikni davom ettirish hamda regional va xalqaro muammolarni hal qilishda hamkorlik qilishdir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0