12:26 20 Yanvar 2018
Efir
Prosmotr pryamoy translyatsii s uchastiyem ministra inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziza Kamilova

Kamilov qanday qilib diplomat boʻlish mumkin, degan savolga javob berdi

Sputnik
Siyosat
Havola olish
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining xalq bilan muloqoti (12)
47420

Jonli muloqot mobaynida Oʻzbekiston TIV rahbariga bir yosh yigit "diplomat boʻlishim uchun nima qilishim kerak" degan mazmunda savol yoʻlladi

TOSHKENT, 5 iyul — Sputnik. Yoshlarni — sadoqatli, vatanparvar, fidoyi qilib tarbiyalash kerak. Hozirgi zamonda yaxshi taʼlim olgan yoshlar kelajakda diplomat ham, uchuvchi ham, boring-ki, oʻzlari xohlagan kasblarni egallashlari mumkin, — dedi yosh yigit tomonidan "men diplomat boʻla olamanmi" degan savolga javoban Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov.

Vazir, shuningdek, har bir sohaning oʻz qonun-qoidalari borligini va ularga qatʼiy amal qilish kerakligini taʼkidlab oʻtdi.

"Ayniqsa, diplomatiya sohasida qonun-qoidalarni buzsangiz, oqibati yomon boʻlishi mumkin", — dedi vazir.

Kamilov shu oʻrinda jahondagi ayrim mamlakatlarda, aynan diplomatiya qoidalarini bilmaslik oqibatida yuzaga kelgan mojarolarni misol keltirdi.

Mavzu:
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining xalq bilan muloqoti (12)

Asosiy mavzular