Nemsovni o‘ldirgan Dadayev 20-yilga qamaldi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishZaur Dadayev
Zaur Dadayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prokuratura Dadayev uchun umrbod qamoq jazosini so‘ragan

TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Moskva harbiy okrug sudi siyosatchi Boris Nemsovni o‘ldirganligi uchun killer Zaur Dadayevni 20-yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri sud zalidan.

Prokuratura Dadayev uchun umrbod qamoq jazosini so‘ragan.

"Dadayev 20-yil muddatli jazoni qat’iy rejim koloniyasida o‘tashga hukm qilindi. Unga shuningdek 100 ming rubl miqdorida jarima belgilandi", — deb hukm o‘qigan sudya Yuriy Jitnikov.

Bundan tashqari, sud Dadayevni leytenant unvoni va Jasorat ordenidan mahrum qilgan.

Sud shuningdek, siyosatchi o‘limida ayblangan qolgan ayblanuvchilar ustidan ham o‘z hukmini e’lon qilgan. Jumladan, qotilni hodisa joyidan olib ketgan Anzor Gubashevni 19-yilga, uning ukasi Shodidni — 16-yilga, Nemsovni kuzatib yurgan Temirlan Eskerxanovni — 14-yilga, Xamzat Baxayevni esa 11-yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Ularning har biriga 100 ming rubl miqdorida jarima belgilangan. Xuddi Dadayev singari bu aybdorlar ham jazoni qat’iy tartibdagi koloniyada o‘tashadi.

Sizlarga hukm tushunarlimi degan savolga jazoga tortilganlarning barchasi "yo‘q" deb javob berganlar. Dadayev esa "Xudo sizlarga sudya" degan gapni aytgan.

Hukmdan norozi himoyachilar shikoyat berishlarini ma’lum qilganlar.

Ayblovchi tomon esa sud qaroridan roziligini, ammo Dadayev muddati bo‘yicha shikoyat arizasini berish niyati yo‘q emasligini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik siyosatchi Boris Nemsov 2015-yilning 27-fevralida Moskvoresk ko‘rigida otib ketilgan. Zaur Dadayev ko‘prik ustida ketib borayotgan siyosatchi va uning sevgilisi ketidan yugurib kelib, Nemsovga qarata olti marta o‘q uzgan.

Yangiliklar lentasi
0