O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida moliyaviy bitim imzolandi

© MID UzbekistanaO‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha Bosh direktorati rahbari Stefano Manservisi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha Bosh direktorati rahbari Stefano Manservisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
TIV rahbari Abdulaziz Kamilov va YeI vakili Stefano Manservisi "Bog‘dorchilikni rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Moliyaviy bitimni imzolashdi

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. 2017-yilning 17-iyul kuni "O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi" Hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Brusselga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropa Ittifoqi Komissiyasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha Bosh direktorati rahbari Stefano Manservisi va Yevropa tashqi faoliyat xizmatining Bosh kotibi Helga Shmidt bilan uchrashdi.

Flagi Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik O‘zbekiston
"Markaziy Osiyo – YeI" mintaqalararo uchrashuvi yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkaziladi
14-iyul kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvning davomi sifatida tomonlarning hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyorligini hisobga olgan holda O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi munosabatlarni yanada chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra Abdulaziz Kamilov va Stefano Manservisi "Bog‘dorchilikni rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Moliyaviy bitimni imzolashdi.

Imzolangan kundan boshlab kuchga kiruvchi hujjat O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash uchun Yevroittifoq tomonidan 21,5 mln yevro miqdoridagi grant mablag‘lari ajratilishini nazardan tutadi.

Yangiliklar lentasi
0