O‘zbekistonda MDH mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi rahbari tayinlandi

© Internet-portal SNGMDH ishtirokchi mamlakatlari bayrog‘i
MDH ishtirokchi mamlakatlari bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra MDHga a’zo mamlakatlar ro‘yxatidan 11 mamlakat o‘rin olgan

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda MDH mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi rahbari tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati xabar berdi.

"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov TIV Hay’atining majlisida MDH mamlakatlari, shu jumladan Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan Alisher Agzamxodjayevni tanishtirdi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz,2017 yil 1-yanvar holatiga ko‘ra MDHga a’zo mamlakatlar ro‘yxatidan 11 mamlakat o‘rin olgan.

Bular: Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Ukraina.

 

Yangiliklar lentasi
0