Parkentlik Aminjon bobo prezident tahsiniga sazovor bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev Parkent tumani Guliston mahallasida yashovchi Aminjon ota Muhammadjonovning bog‘ida bo‘ldi
Mirziyoyev Parkent tumani Guliston mahallasida yashovchi Aminjon ota Muhammadjonovning bog‘ida bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Odamning qo‘li gul degani mana shu. Bu bog‘ Vatanni sevishning, mehnatsevarlikning yaqqol namunasi. Otaxonning tajribasini o‘rganish, odamlarga ibrat qilib ko‘rsatish kerak. Bu kishi qishloq xo‘jaligi sohasidagi ta’lim muassasalarida dars bersin, odamlar kelib bu ishlarni o‘rgansin", - dedi O‘zbekiston rahbari

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parkent tumani Guliston mahallasida yashovchi Aminjon ota Muhammadjonovning bog‘ida bo‘ldi, deb xabar qilindi O‘zbekiston Hukumati portalida.

Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Prezidentning Toshkent viloyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qarori e’lon qilindi
74 yoshni qarshilagan Aminjon bobo umr yo‘ldoshi Ixtibor momo bilan besh farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Farzandlarining barchasi oliy ma’lumotli. Nuroniylar bugun 14 nevara, 3 evarasi ardog‘ida.

Aminjon ota farzandlari bilan "Zuhra ona plyus" xususiy korxonasini tashkil etgan. Mahalladagi qariyb 3 gektar yerda manzarali daraxtlar va butalar ekib, bog‘ yaratgan.

O‘zbekiston prezidenti bog‘ni kirib ko‘rdi. Shunday ajoyib bog‘ yaratgani, xorijdan ko‘chatlar olib kelib, yurtimiz sharoitida ko‘paytirayotgani uchun Aminjon boboga minnatdorlik bildirdi.

"Odamning qo‘li gul degani mana shu, — dedi Mirziyoyev. — Bu bog‘ Vatanni sevishning, mehnatsevarlikning yaqqol namunasi. Otaxonning tajribasini o‘rganish, odamlarga ibrat qilib ko‘rsatish kerak. Bu kishi qishloq xo‘jaligi sohasidagi ta’lim muassasalarida dars bersin, odamlar kelib bu ishlarni o‘rgansin".

Prezident bog‘da mahalla faollari, nuroniylar bilan suhbatlashdi.

Davlat siyosatining mazmun-mohiyati, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi, Toshkent viloyatini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan rejalar haqida so‘z yuritildi.

Nuroniylar xalq bilan muloqot qilib, inson manfaatlarini ta’minlashda shaxsan namuna bo‘layotgani, Toshkent viloyatini rivojlantirish, odamlar turmush farovonligini oshirishga qaratayotgan e’tibori uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0