14:10 16 Dekabr 2017
Efir
Oʻzbek militsionerlari

Oʻzbekistonda militsiya xodimlariga oʻzini fuqarolardan ustun qoʻyish man etildi

© Flickr
Siyosat
Havola olish
6528110

Oʻzbekiston IIV xodimlari uchun muomala madaniyatini oshirish choralari belgilab berildi

TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 14 iyuldagi buyrugʻi bilan ichki ishlar organlari xodimlari uchun muomala madaniyatini oshirish choralari belgilab berildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV matbuot-xizmati.

Hujjatga koʻra quyidagi vazifalar belgilab qoʻyildi:

muomala madaniyatiga rioya etish ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy faoliyatini va xizmatdagi xulq-atvorini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi;

ichki ishlar organiga yoki aniq bir xodimga murojaat qilgan har qanday shaxs zudlik bilan qabul qilinishi va eʼtibor bilan tinglanishi shart;

ichki ishlar organlarining barcha darajadagi rahbarlari oʻz xodimlarini qoʻpollik va loqaydlikka nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalashlari, oʻzaro va fuqarolar bilan qoʻpol muomalada boʻlish holatlariga qatʼiy munosabat bildirishlari hamda xulq-atvor va muomala madaniyatlari bilan oʻzlari shaxsiy namuna koʻrsatishlari zarur.

Ichki ishlar organlari xodimi:

har doim aholi koʻz oʻngida ekanligini hamda ichki ishlar organlarining obroʻsi uning xulq-atvoriga va xatti-harakatlariga bevosita bogʻliq ekanligini hamda ichki ishlar organlariga murojaat qilgan har bir fuqaroga yordam koʻrsatish aholida ichki ishlar organi faoliyati toʻgʻrisida ijobiy fikrni shakllantirishini yodda tutishi;

fuqarolar bilan xushmuomala boʻlishi, ularning murojaatlariga xolisona va vijdonan yondashishi, ayniqsa, bolalar, ayollar va qariyalarga alohida eʼtibor qaratishi;

ichki ishlar organlariga olib kelingan har bir inson shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekanligini yodda tutishi va aybsizlik prezumptsiyasi printsipiga amal qilishi;

fuqarolar bilan muloqotda sansalorlikka yoʻl qoʻymasligi hamda bevosita oʻz vakolatlari doirasiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan fuqarolarni tegishli rahbar yoxud malakali masʼul xodim bilan bogʻlashi;

ichki ishlar organlariga chaqirilgan (olib kelingan) fuqaroga birinchi navbatda oʻzini tanishtirishi, unga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishi, uning chaqirilishi yoxud yoʻlda toʻxtatilishi sabablarini tushuntirib berishi, uning savol va tushuntirishlariga nisbatan eʼtiborli boʻlishi, unga taalluqli masalaga oid qonun hujjatlari normalarini tanishtirishi, basharti fuqaro takroran chaqirilgan hollarda uni zudlik bilan qabul qilishi hamda ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilganligi uchun minnatdorlik bildirishi zarur.

Xodimlar uchun quyidagilar qatʼiyan man etiladi:

oʻzini fuqarolardan ustun qoʻyish, ularga nisbatan bepisand munosabatda boʻlish yoki qoʻpollik qilish, yolgʻon gapirish yoxud boshqa asossiz bahonalar bilan ularni chalgʻitish;

fuqarolarni shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi xatti-harakatlar va muomalaga (haqorat qilish) yoʻl qoʻyish, ularga nisbatan qonunga xilof ravishda jismoniy kuch ishlatish yoki shunday kuch ishlatish bilan qoʻrqitish;

jismoniy shaxslar murojaatlarini koʻrib chiqishdan boʻyin tovlash yoki koʻrib chiqishni asossiz rad etish;

xizmat zarurati bilan ichki ishlar organlariga chaqirilgan (olib kelingan) shaxslarni asossiz kuttirib qoʻyish;
xizmatni olib borish vaqtida, shuningdek xizmat kiyimida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish

Ichki ishlar organlariga murojaat qilgan har bir fuqaroning muammosini atroflicha oʻrganish va oʻz vakolati doirasida qonuniy hal etish har bir xodimning xizmat burchi ekanligi ham ushbu buyruq orqali belgilab qoʻyildi.

Asosiy mavzular