Atambayev Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPrezident Kirgizstana Almazbek Atambayev
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlarini hamkasabalik munosabatlaridan tashqari insoniy do‘stlik munosabatlari ham bog‘lab turadi.

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Cho‘lpon-Otada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida OAV orqali O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 60 yoshli yubileyi bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Matbuot anjumani davomida Atambayev Shavkat Mirziyoyevni yuqori darajada baholashini aytdi va jurnalistlar orqali unga sog‘liq, uzoq umr va muvaffaqiyat tiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlarini hamkasabalik munosabatlaridan tashqari insoniy do‘stlik munosabatlari ham bog‘lab turadi. Shavkat Mirziyoyev prezident bo‘lganidan keyin Atambayev birinchilardan bo‘lib tabriklagan va O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Undan tashqari Atambayev Shavkat Mirziyoyevga, bir necha yil oldin, bosh vazir lavozimida ishlagan vaqtlari uning O‘zbekistonda yashayotgan, uzoq vaqt davomida ko‘rmagan akasini topishga yordam bergani uchun chin dildan minnatdorlik bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0