12:17 22 Avgust 2017
Efir
Los-Andjelesdagi Steypls Tsentr stadioni

2028 yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari Los-Anjelesda boʻlib oʻtadi

© Flickr/ Prayitno
Siyosat
Havola olish
9301

Los-Anjeles Olimpiya oʻyinlarini uchinchi marta qabul qiladi. Oʻtmishda Olimpiya oʻyinlari bu shaharda 1932 va 1984 yillarda oʻtkazilgan

TOSHKENT, 2 avg — Sputnik. Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi bilan 2028 yilda yozgi Olimpiada oʻyinlarini Los-Anjeles shahrida oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar qildi Los-Anjeles shahar kengashi prezidenti Gerb Uessonning matbuot-kotibi Kaolin Meyza. 

Meyza hafta oxirlarida kelishuv kengash tomonidan koʻrib chiqilishini maʼlum qilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi 2024- va 2018- yillarda Olimpiada oʻyinlarini oʻtkazishga Parij va Los-Anjeles shaharlari nomzodlarini rasman tasdiqlagan edi. Ular yagona nomzod boʻlish bilan birgalikda shaharlarning qay biri qaysi oʻyinni qabul qilishi nomaʼlumligicha qolayotgandi.

Dushanba kuni Los Anjeles Tayms nashri 2028 yilgi Olimpiada oʻyinlarini Los-Anjelesda oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishilgani haqida xabar tarqatdi. Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi 2024 va 2028 yilgi oʻyinlar oʻtkaziladigan joylar yuzasidan sal kechroq bayonot berishi qoʻshimcha qilingan edi.

Los-Anjeles Olimpiya oʻyinlarini uchinchi marta qabul qiladi. Oʻtmishda Olimpiya oʻyinlari bu shaharda 1932 va 1984 yillarda oʻtkazilgan.

AQSH oxirgi marta yozgi Olimpiadani 1996 yilda Atlantada qabul qilgan. 2002 yilda AQShning Solt-Leyk-Siti shahrida qishki Olimpiada boʻlib oʻtgan.

Asosiy mavzular

  • Chevrolet Spark, arxiv surat

    "Ipoteka-bank" matbuot xizmati maʼlum qilishicha arzon uy-joylar uchun pul toʻlayotgan mijozlarga "Imkoniyat" nomli yutuqli omonat ham taklif qilingan edi. Yutuqli lotereyada 5 ming 535 nafar, xususan, Toshkent shahridan 2 ming 382 omonatchi ishtirok etdi

    2089
  • Paxta zavodi

    Qishloq xoʻjaligi vaziriga gʻoʻza yaproqlarini kimyoviy moddalar yordamida sifatli toʻkish ishlari oʻtkazilishi yuzasidan qatʼiy va doimiy nazorat olib borish, belgilangan muddatlar va meʼyorlarga rioya etishni taʼminlamayotgan mansabdor shaxslarga nisbatan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish huquqi berildi

    363
  • Sibirdagi daraxtni qayta ishlovchi korxona

    Mazkur hujjat bilan www.regulation.gov.uz manzilida toʻliq tanishish hamda joriy yilning 31 avgustiga qadar oʻz fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin

    269