AQSh O‘zbekistonga qurol eksportini nazorat qilishni o‘rgatishni niyat qilgan

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRaketalar
Raketalar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik va tojikistonlik amaldorlar uchun anjuman va seminarlar o‘tkazishga AQSh 200 ming dollardan ortiq mablag‘ sarflashni rejalashtirgan. Qayd etilishicha, anjumanlarda ikki respublikaning turli mahkamalari vakillari ishtirok etishlari kerak

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga qurol-aslaha eksportini nazorat qilishni o‘rgatmoqchi.

Ayni vaqtda AQSh Davlat departamenti O‘zbekiston va Tojikiston hukumat vakillari uchun qurol-aslaha aylanmasini nazorat qilishni o‘rgatuvchi anjumanlarni tashkillashtiradigan pudratchilarni izlayapti, deb xabar qilmoqda RT.

RT AQSh Davlat Departamenti tomonidan e’lon qilingan Grant hujjati bilan tanishib chiqqan.

Panzer T-90 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bilan shartnomaga ko‘ra O‘zbekiston uchinchi davlatlarga qurol yetkazmaydi
"Pudratchilar (O‘zbekistonda va Tojikistonda) qonunni to‘liq tushunish uchun <…> zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak, <…> uni strategik tovarlar savdosini nazorat qilish sohasida xalqaro standartlarga, eng yaxshi amaliyotlar va litsenziyalash jarayonlariga mos tarzda keltirishi lozim", — deb qayd ko‘rsatilgan hujjatlarda.

O‘zbekistonlik va tojikistonlik amaldorlar uchun anjuman va seminarlar o‘tkazishga AQSh 200 ming dollardan ortiq mablag‘ sarflashni rejalashtirgan. Qayd etilishicha, anjumanlarda ikki respublikaning turli mahkamalari vakillari ishtirok etishlari kerak.

Siyosatshunos Dmitriy Aleksandrovga ko‘ra, grant maqsadi — Markaziy osiyo mamlakatlari xavfsizligiga suqilib ko‘rishga urinishdan iborat. Yana kamiga deyarli arzimas mablag‘ evaziga.

"Bu ushbu mintaqada mustahkam o‘rin egallashga urinishdir, sababi so‘nggi yillar AQSh uchun omadli kechmadi: Afg‘onistondagi operatsiyani omadli deb bo‘lmaydi, mintaqadagi AQSh obyektlarining barchasi yopilgan", — deb ta’kidladi siyosatshunos.

Aleksandrovning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston kuch tuzilmalari va davlat apparati ancha erkin, Tojikiston esa ODKB a’zosi hisoblanadi, shu bois kerakli konsultativ yordam amerikaliklar yordamisiz ham ikki davlatga taqdim etib kelinyapti.

Yangiliklar lentasi
0