Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi o‘zbek xalqi turmushini "ajoyib" deb baholadi

© JAVIER SORIANO / AFPTaleb Rifai
Taleb Rifai - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Taleb Rifai 29-avgust kuni Buxoro shahrida bo‘ldi

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Samarqand shahrida o‘tkazilgan "Sharq taronalari" XI xalqaro musiqa festivali va "Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi" xalqaro ilmiy anjumanida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Taleb Rifai 29-avgust kuni Buxoro shahrida bo‘ldi.

O‘zbekistondagi sayyohlik stendi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston sayyohlik salohiyati BMT e’tiborida
"O‘zbekiston — noyob sayyohlik imkoniyatiga ega mamlakat. Bu galgi tashrifim yurtingiz mustaqilligining 26-yilligi, «Sharq taronalari» musiqa festivali va nufuzli anjumanga to‘g‘ri kelganidan g‘oyat mamnunman, — deydi Taleb Rifai. — Safarim davomida Buxoroni tomosha qilishni niyat qilgan edim. Ushbu shaharga tashrifimning esda qolarli jihatlaridan biri Samarqanddan tezurar "Afrosiuob" elektropoyezdida kelganim bo‘ldi. Mazkur poyezd qatnovi bir yil muqaddam yo‘lga qo‘yilgan ekan. Qulay, xavfsiz, ekologik toza bu transport sivilizatsiya o‘choqlari sifatida tarix sahifalaridan munosib o‘rin olgan bir necha qadimiy shaharlaringiz bilan tanishish uchun kelgan sayyohlarga vaqtni tejash uchun katta imkoniyatdir. Men yo‘l bo‘yi ko‘rk ochib borayotgan shaharu obod maskanlarni, kelajagiga katta ishonch bilan yashayotgan xalqingiz turmushini kuzatdim. Bularning hammasi ajoyib! Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida sayyohlikni yanada rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibordan ruhlandim. Jahon sayyohlik tashkiloti davlatingiz tomonidan ushbu yo‘nalishda ishlab chiqilgan dastur va loyihalarni faol qo‘llab-quvvatlash bilan birga, ularda ishtirok etadi.

Bosh kotib Buxorodagi me’moriy obidalar va diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi. Mehmonga viloyatda turizmni rivojlantirish borasida joriy va istiqbolga mo‘ljallangan loyihalar to‘g‘risida so‘zlab berildi.

Yangiliklar lentasi
0