O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi hozir eng ijobiy davrni boshdan kechirmoqda

Obuna bo‘lish
Bugun Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida mustaqillikning 26-yilligiga bag‘ishlangan anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Ashrafxanov Baxrom Boxodirovich so‘zga chiqib, jumladan, O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

Posol Uzbekistana v Rossiyskoy Federatsii Baxrom Ashrafxanov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi – elchi

Ashrafxanov, oxirgi chorak asrda O‘zbekiston Rossiya munosabatlari turli bosqichlardan o‘tganini va ularning hammasi ham oson kechmaganini  aytib o‘tdi. Shu bilan birga elchi, ikki tomonlama munosabatlar hech qachon adovatli yoki qarama-qarshi bo‘lmaganiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelayotganini va Rossiya O‘zbekiston uchun uzoq muddatli, vaqt sinovidan o‘tgan strategik hamkordir ekanligi ta’kidlandi.  

“Bizning mamlakat o‘zining ittifoqchilik majburiyatlariga bundan keyin ham sodiq qoladi, Moskva bunga hech ikkilanmasligi mumkin”, — dedi elchi.

“O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi hozir eng ijobiy va tez rivojlanayotgan davrni boshidan kechirmoqda, bizning aloqalar o‘z mazmuni bo‘yicha butunlay boshqa darajaga ko‘tarilmoqda”,  - dedi Ashrafxanov.

Elchining so‘zlariga ko‘ra, munosobatlarning bu qadar rivojlanishiga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Aprel oyining boshida Rossiyaga bo‘lgan davlat tashrifi natijalari muhim o‘rin tutgan. Ushbu tashrif natijasida ikki mamlakat orasida umumiy qiymati misli ko‘rilmagan — 16 mlrd dollarni tashkil qilgan shartnomalar imzolangan va eng asosiysi ikki mamlakat prezidentlari orasida o‘zaro ishonchli shaxsiy munosabatlar o‘rnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0