Aksariyat musulmon davlatlari texnologiyalarda ortda qolmoqda - Mirziyoyev

© Sputnik / Bolat ShayxinovShavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi IHT sammitida
Shavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi IHT sammitida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti islom dunyosi mamlakatlari orasida ilm-fan sohasida erishiladigan yutuqlar uchun IHT maxsus mukofotini ta’sis etish taklifini kiritdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston

TOShKENT, 10 sen — Sputnik. Musulmon dunyosining aksariyat mamlakatlari ayni vaqtda fan va texnologiyalar sohasida ancha ortda qolmoqda, deb ta’kidlagan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan  Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar mavzusidagi sammitida chiqishi vaqtida islom dunyosi jahon ilm va tamadduniga qo‘shgan hissasi bilan haqli ravishda faxrlanishi mumkinligini aytgan.

Musulmonlar - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev: islomiy jamiyat murakkab sinovlarga duch kelmoqda

"Tan olish kerak, ayni vaqtda musulmon dunyosining ko‘plab mamlakatlari rivojlangan davlatlarga nisbatan fan va texnologiyalar sohasida ancha ortda qolmoqda. Masalan, dunyoning eng yaxshi 500 universiteti reytingiga bizning tashkilotimiz ishtirokchi davlatlarining atigi 11ta OTMlari kiritildi. 2015-yilda IHT davlatlaridan patent olish bo‘yicha berilgan arizalar soni bor-yo‘g‘i 1,9%ni tashkil qilgan", — degan Mirziyoyev.

"Taassuf bilan aytmoq joizki, boy tabiiy resurslar va moliyaviy salohiyatga egaligiga qaramay, musulmon davlatlarining aksariyati innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni iqtisodiyot sohasiga joriy etish borasida faollik ko‘rsatmayaptilar", — deb qo‘shimcha qilgan Mirziyoyev.

Mirziyoyev IHT ishtirokchi-davlatlari o‘rtasidagi fan va texnologiyalar sohasida hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi islom dunyosining fan va texnologiyaga oid salohiyati uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishiga umid bildirgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: musulmon birodarlarimiz Myanmada o‘ta shavqatsiz munosabatlarga duch kelishmoqda
"Ulug‘bekning astronomiyaga qo‘shgan buyuk hissasiga e’tirof ramzida Samarqand shahrida superzamonaviy teleskop o‘rnatish borasida tashkilot tomonidan kiritilgan taklifni minnatdorchilik bilan qabul qilamiz", — deb davom etgan O‘zbekiston prezidenti.

Mirziyoyev Islom dunyosi mamlakatlarida ilm-fan sohasida erishiladigan yutuqlar uchun IHT maxsus mukofotini ta’sis etishni va bu mukofotni xalqaro sahnada ommalashtirishni taklif etgan. O‘zbekiston prezidenti, shuningdek, IHTning fan va texnologiyalar bo‘yicha sammitini uch yilda bir marta o‘tkazib turishni taklif qilgan va navbatdagi sammitni 2020-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0