TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Xitoy Koreya yarimorolida harbiy harakatlar boshlanishiga yo‘l qo‘ymaydi, mavjud muammo faqatgina tinch yo‘l bilan hal qilinishi kerak, deya bayonot qildi XXR TIV vakili Gen Shuan BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan Shimoliy Koreya bo‘yicha qabul qilingan yangi rezolyutsiyadan so‘ng.
Gen Shuan "Xitoy 2375-rezolyutsiya kompleks ravishda va to‘liq hajmda bajarilishiga umid qiladi", deb aytgan.
"Yarimorol muammosiga yechim topish uchun, barcha manfaatdor tomonlar o‘z bo‘yniga olgan majburiyatlarini bajarmoqlari, ularga topshirilgan tegishli rolni bajarishlari yarimorolda ziddiyatni pasaytirish uchun ta’sirli choralarni qo‘llashlari, suhbat va muzokaralarni qayta tiklashlari lozim", — deb qo‘shimcha qilgan diplomat.
Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik kengashi dushanba kuni kechqurun Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi sanksiyalarni kiritdi. Yangi cheklovlarda KXDRga eksport va import hajmlari qisqartirilishi ko‘zda tutilgan.