04:46 24 Sentyabr 2017
Efir
Rossi prezidenti Vladimir Putin, arxiv surat

Gorbachyov Putinning ijobiy tomonlarini sanab oʻtdi

© Sputnik/ Maksim Blinov
Siyosat
Havola olish
199320

Sobiq Ittifoqning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov Rossiyada boʻlib oʻtadigan saylovlar haqida toʻxtalar ekan, hozirgi prezidentning "plyus" tomonlari koʻpligini taʼkidladi va konstitutsiyaviy muddatlarga amal qilish kerakligini qoʻshimcha qildi

TOSHKENT, 12 sen — Sputnik. Mixail Gorbachev Putinning prezident sifatida ijobiy tomonlarini sanab oʻtdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Sobiq Ittifoqning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov Rossiyada boʻlib oʻtadigan saylovlar haqida toʻxtalar ekan, hozirgi prezidentning "plyus" tomonlari koʻpligini taʼkidlagan hamda konstitutsiyaviy muddatlarga amal qilish kerakligini qoʻshimcha qilgan.

"Oldinda saylovlar kutyapti, hozir bu oʻta dolzarb mavzu. Prezident masalasi hal boʻlmoqda… Fikrim shundayki, hozirgi prezidentning "plyus" tomonlari juda koʻp. Men kamchiliklar borasida matbuotda yoki oʻz chiqishlarimda aytib oʻtishim mumkin edi, ammo hozirgi pozitsiyam eng toʻgʻri deb oʻylayman", — degan jurnalistlarga Gorbachyov.

Gorbachyov, shuningdek "Rossiya qonunlari tomonidan belgilangan tamoyil — har bir prezident belgilangan muddatga amal qilishi kerak", — degan fikrdaligini maʼlum qilgan. "Oʻrin almashinuvi rahbarlarni harakatga undaydi", — deb qoʻshimcha qilgan siyosatchi.

"Umuman olganda, biz jamiyatimizni davolashni istar ekanmiz, uni xalqning davlat boshqaruvida ishtiroki orqali davolashimiz darkor. Bu degani, xalq ushbu demokratik jarayonlarni boshdan kechirishi kerak", — deb taʼkidlagan siyosatchi.

Gorbachev demokratik tamoyillarning davlat boshqaruvi va xalqaro siyosatdagi ahamiyatini shunday izohlagan: "Agar xalq ishtirok etsa, xatolar kam boʻladi".

Eslatib oʻtamiz, avgust oyi boshida Putin 2018 yilda prezident lavozimiga oʻz nomzodini ilgari surishi borasida berilgan savolga "oʻylab koʻraman" deb javob bergan edi.

Shu paytgacha LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy, "Yabloko" partiyasidan Grigoriy Yavlinskiylar oʻz nomzodlarini saylovlarda ilgari surishlarini maʼlum qilishgan.

"Spravelivaya Rossiya" va KPRF partiyalari esa bu masalani oʻz qurultoylarida hal etishlarini xabar qilganlar.

Asosiy mavzular