14:48 23 Oktyabr 2017
Efir
Spetsialnыy dokladchik Soveta OON po pravam cheloveka po voprosu o svobode religii ili ubejdeniy A.Shaxid

BMT eksperti Oʻzbekistonda diniy erkinlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlarga baho berdi

Sputnik
Siyosat
Havola olish
17620

BMT eksperti Ahmed Shahid Oʻzbekistonga qilgan rasmiy tashrifi yakunida "Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar inson huquqlarini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish, jumladan din yoki eʼtiqod erkinligi asosida boʻlishi kerak", - deya xulosa berdi

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Oʻzbekiston tarixda birinchi marotaba ekstremizmga qarshi kurashga bagʻishlangan alohida bir qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Oʻzbekistonda "Ekstremizmga qarshi kurash" haqida qonun chiqarilishi haqida bugun Toshkentda boʻlib oʻtgan matbuot-anjumani davomida BMTning Din va eʼtiqod erkinligi boʻyicha maxsus maʼruzachisi Ahmed Shahid maʼlum qildi.

Shahid oʻz chiqishi davomida, Oʻzbekiston qabul qilishni rejalashtirayotgan yangi qonunda "ekstremizm", "ekstremistlik faoliyati", "ekstremistik tashkilot" kabi hamda boshqa atamalarga aniqlik kiritilishiga umid bildirdi.

Ahmed Shahid Oʻzbekistonga qilgan rasmiy tashrifi yakunida "Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar inson huquqlarini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish, jumladan din yoki eʼtiqod erkinligi asosida boʻlishi kerak", — deya xulosa berdi.

"Koʻplab etnik va diniy jamoalar birgalikda tinch yashayotgan Oʻzbekistonda dinlar yoki eʼtiqodlarga tahdid sifatida qaralmasligi lozim.

Diniy ekstremizmga qarshi kurash din yoki eʼtiqodlarning xilma-xilligi, jumladan uning erkinligini barqarorlashtirish asosida qurilishi kerak". — deya taʼkidladi.

BMT ekspertining soʻzlariga koʻra, hukumat amaldagi tartib-qoidalarni xalqaro standartlarga moslashtirish uchun joriy islohotlarda din yoki eʼtiqod erkinligi sohasiga koʻproq mablagʻ sarflashi kerak boʻladi.

Maxsus maʼruzachi "Zoʻravonlik ekstremizmning oldini olish yoki unga qarshi kurashish yoʻlida din yoki eʼtiqod erkinligi huquqi qurbon qilinmasligi kerak", — deya ogohlantirdi.

Asosiy mavzular