14:50 23 Oktyabr 2017
Efir
Gosudarstvennыy departament SSHA

Rasmiy xabar: AQSH YUNESKO aʼzoligidan chiqmoqda

© Commons.wikimedia/ AgnosticPreachersKid
Siyosat
Havola olish
296 0 0

AQSH ortidan Isroil davlati ham zudlik bilan YUNESKOni tark etish qarorini qabul qildi

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari 2018 yilning 31 dekabriga qadar YUNESKOdagi aʼzoligini saqlab qoladi, 2019 yildan boshlab esa ushbu xalqaro tashkilotda kuzatuvchi maqomiga oʻtadi, deb bayonot berdi AQSH Davlat Departamenti.

"Bu qarorni qabul qilish oson boʻlmadi. Unda YUNESKOdan qarzi (aʼzolik baʼdali boʻyicha — tahr.)oʻsib borayotgani tufayli AQShning tashvishga tushgani, tashkilotda fundamental islohotlar zarurligi hamda YUNESKOda davom etayotgan Isroilga qarshi tarafkashliklar ifoda oʻz aksini topgan", — deyiladi bayonotda.

Rossiya prezidenti Dmitriy Peskov AQShning YUNESKO aʼzoligidan chiqishini qaygʻuli xabar, deya izohlagan.

Rossiya Davlat Dumasining xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmitasi raisi Leonid Slutskiyga koʻra, AQShning YUNESKOdan chiqishi dunyo madaniy meroslari sohasida koʻp yillik jahon anʼanalarini inkor etishini anglatadi.

"AQShning YUNESKOdan chiqishi omillari juda gʻalati. YUNESKO — madaniy qadriyatlarni himoya qiladigan xalqaro tashkilot. Tub negizini olib qaraydigan boʻlsak, bu BMT madaniy oʻlchovi. YUNESKOning eng muhim masalasi jahon madaniy merosini saqlab qolish hisoblanadi", — deb aytgan Slutskiy jurnalistlarga payshanba kuni.

"AQShning bu tashkilotdan chiqishi ushbu sohadagi koʻpyillik jahon anʼanalarini inkor etishni bildiradi. Hech bir miliy omil bu qarorni qabul qilishga turtki boʻla olmaydi. Tushunarsiz. Gʻalati. Va juda afsusli", — deb taʼkidlagan u.

Isroil davlati Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham AQSH bayonotidan keyin oʻz mamlakatini YUNESKO tarkibidan chiqarishga tayyorgarlik koʻrayotganini maʼlum qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Bosh vazir Isroil TIViga tegishli topshiriqlarni bergan. Netanyaxu prezident Donald Trampning YUNESKOdan chiqish haqidagi qarorini olqishlab, unga "dadil va yuksak maʼnaviyatli qaror" deya izoh bergan.

"YUNESKO bemaʼnilik teatriga aylanib qoldi. Tarixni saqlab qolish oʻrniga, YUNESKO uni buzib koʻrsatmoqda", — deb xabar qilgan Isroil hukumati rahbariyati devonxonasi.

"AQSH Isroilning YUNESKOda taʼqib qilinayotgani tufayli ushbu tashkilotdan chiqayotganidan soʻng, mening fikrimcha, ular bilan zudlikda bu tashkilotdan chiqish kerak" — deb qayd etgan oʻzining  Facebookdagi sahifasida Isroil davlatining YUNESKOdagi elchisi Karmel Shama-Koen.

Asosiy mavzular