14:46 23 Oktyabr 2017
Efir
Spetsdokladchik OON po pravam cheloveka i svobode religii Axmed Shaxid

Ahmad Shahid Mirziyoyev bilan uchrashuvda mamlakatda din sohasidagi islohotlarni yuksak baholadi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
15901

BMT maxsus maʼruzachisi Shavkat Mirziyoyevga bilan uchrashuvda Oʻzbekiston bilan tizimli, ochiq va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini qayd etdi

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari boʻyicha kengashining din va eʼtiqod erkinligi masalasi boʻyicha maxsus maʼruzachisi Ahmad Shahidni qabul qildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Uchrashuvda millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash Oʻzbekistonni rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan uzoq muddatli Harakatlar strategiyasi va BMT bilan keng koʻlamli hamkorlik dasturining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekani alohida taʼkidlandi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 130 dan ortiq millat va elat, 16 diniy konfessiya vakillari ahil-inoq, tinch-totuv yashab kelmoqda. Ular oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishi uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Jamiyatimizda doʻstlik va mehr-oqibat, millatlararo va dinlararo totuvlik muhiti yanada mustahkamlanmoqda.

BMT maxsus maʼruzachisi Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, bagʻrikenglik va vijdon erkinligini taʼminlash, dinga eʼtiqod qiluvchilarning huquqlarini himoya qilish va ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yangi bosqichda amalga oshirilayotgan oʻzgarish va islohotlarni yuksak baholadi.

Maxsus maʼruzachi Oʻzbekiston pezidenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bayon etilgan tashabbuslarning dolzarbligi va oʻz vaqtida ilgari surilganini alohida qayd etdi.

Xususan, Ahmad Shahid "Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik" nomli maxsus rezolyutsiyani qabul qilish toʻgʻrisidagi taklifi, Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazi va Toshkentda Islom tsivilizatsiyasi markazi tashkil etilayotgani toʻliq qoʻllab-quvvatladi.

Uchrashuvda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlar sohasida oʻzaro muvofiqlashtirilgan choralar koʻrish va qoʻshma tadbirlar oʻtkazish masalalari ham muhokama qilindi.

BMT maxsus maʼruzachisi Ahmad Shahid Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul hamda Oʻzbekistonga tashrifi tadbirlarga boy dastur asosida tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston bilan tizimli, ochiq va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini qayd etdi.

Asosiy mavzular