23:40 18 Dekabr 2017
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (SHOS) v rasshirennom sostave

Mirziyoyev: MDH Oʻzbekiston uchun qarashlarni solishtirish "maydoni" emas

© Sputnik/ Vladimir Astapkovich
Siyosat
Havola olish
72360

Oʻzbekiston prezidenti shiddat bilan oldinga qarab harakat qilish zarurligini taʼkidlagan holda, bu borada Oʻzbekiston oʻz yondashuvlarini jiddiy maqbullashtirish va MDH faoliyatidagi ishtirokiga sifat jihatidan yangi surʼat bagʻishlashni maqsad qilib qoʻyganini aytdi

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. Oʻzbekiston oʻz yondashuvlarini jiddiy maqbullashtirish va MDH faoliyatidagi ishtirokiga sifat jihatidan yangi surʼat bagʻishlashni maqsad qilib qoʻygan, deb bayonot qildi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisida soʻzlagan nutqi davomida.

"Barchamiz bugun dunyoda roʻy berayotgan shiddatli oʻzgarishlarning guvohi boʻlib turibmiz.

Ilgʻor texnologiyalarning faol joriy qilinayotgani va global axborot-kommunikatsiya makoni taraqqiy etayotgani barcha jarayonlarni jadal va tez oʻzgartirmoqda, qitʼalar, mintaqalar, davlatlar va biznes darajasidagi hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Bugun hayotning oʻzi eskicha yondashuvlar samarasiz ekanini yaqqol tasdiqlamoqda. Asosiy eʼtiborni konstruktiv amaliy hamkorlikka qaratish lozim.

Biz shiddat bilan oldinga qarab harakat qilishimiz zarur.

Bu borada Oʻzbekiston oʻz yondashuvlarini jiddiy maqbullashtirish va MDH faoliyatidagi ishtirokiga sifat jihatidan yangi surʼat bagʻishlashni maqsad qilib qoʻygan.

Shuni alohida taʼkidlamoqchimanki, MDH Oʻzbekiston uchun shunchaki muloqot, fikr almashish va qarashlarni solishtirish "maydoni" emas.

Bu tuzilma biz uchun ustuvor sohalarda amaliy hamkorlik qilishning gʻoyat muhim institutidir, Hamdoʻstlikka aʼzo mamlakatlar esa bizning doimiy sheriklarimiz, qoʻshnilarimiz va doʻstlarimizdir.

Shu munosabat bilan biz Oʻzbekiston Respublikasi milliy koordinatori maqomini tashqi ishlar vaziri oʻrinbosaridan Bosh vazir oʻrinbosari darajasiga koʻtarishga qaror qildik", — deb taʼkidlagan oʻz chiqishi davomida Mirziyoyev.

Asosiy mavzular