Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekovni g‘alaba bilan tabrikladi

© Ofitsialniy sayt prezidenta KRPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekovga mustahkam sog‘lik, yangi va ma’suliyatli davlat lavozimida muvaffaqiyat, Qirg‘iziston xalqiga esa – tinchlik va faravonlik tiladi.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda 15-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovi g‘olibi Sooronbay Jeenbekovni g‘alaba bilan tabrikladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV.

Vibori prezidenta Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston prezident saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi

“Erishgan g‘alabangiz, mamlakatdagi chuqur tarkibiy islohotlar yo‘nalishini davom ettirish, aholi farovonligini yanada yaxshilash, jamiyatda tinchlikni, barqarorlik va hamjihatlikni ta’minlash hamda xalqaro maydonda mamlakat nufuzini mustahkamlashga qartilgan reja va dasturlaringizni qardosh qirg‘iz xalqi tomonidan  keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlashi ramzidir”, — deyilgan Shavkat Mirziyoyev tabrik so‘zida.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda va ikki xalq manfaati yo‘lida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha kerakli sa’y-harakatlarni amalga oshirishga tayyor.

“Oxirgi yil davomida erishilgan siyosiy muloqot darajasi va tomonlarning mavjud muammolarni o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olgan holda yechishga tayyorligi kelajakda ham davom etadi”, — deyilgan prezident tabriknomasida.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Sooronbay Jeenbekovga mustahkam sog‘lik, yangi va ma’suliyatli davlat lavozimida muvaffaqiyat, Qirg‘iziston xalqiga esa – tinchlik va faravonlik tiladi.

Yangiliklar lentasi
0