O‘zbekiston-Janubiy Koreya savdo-iqtisodiy aloqalari muhokama qilindi

© MID UzbekistanaVstrecha s zamestitelem premyer-ministra Respubliki Koreya Kim Dong-Yonom i federalnim kanslerom Shveysarii po ekonomike Yoxanom Shnayder-Ammanom
Vstrecha s zamestitelem premyer-ministra Respubliki Koreya Kim Dong-Yonom i federalnim kanslerom Shveysarii po ekonomike Yoxanom Shnayder-Ammanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur uchrashuvda Shveysariya savdo bo‘yicha federal kansleri ham ishtirok etdi. Kansler O‘zbekistonga tashrif buyurishi va sheriklar bilan muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Butunjahon banki guruhi boshqaruvchilar kengashi va Xalqaro valyuta jamg‘armasi har yili o‘tkaziladigan sessiyalar doirasida O‘zbekiston delegatsiya tarkibida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov Janubiy Koreya bosh vaziri o‘rinbosari Kim Dong-Yon va Shveysariya iqtisodiyot bo‘yicha federal kansleri Yoxan Shnayder-Amman bilan uchrashdilar. Tashqi ishlar vazirligi xabariga asosan.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Vazir Kamilovga yangi yordamchi tayinlandi

Uchrashuvda Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida savdo-investitsiya va moliyaviy texnik sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Hozirgi vaqtda Janubiy Koreyaning yetakchi kompaniyalar bilan netfgaz, kimyo, qazib olish, mashinasozlik, elektrotexnika va to‘qimachilik, axborot kommunikatsiya texnologiyalar, transport, logistika, turizm sohalarida istiqbolli investitsiya dasturlari va loyihalari amalga oshirilmoqda.

1992 yilda qabul qilingan Savdo bitimi asosida ikki davlat o‘rtasida eng qulay savdo rejimi o‘rnatilgan. Janubiy Koreya Osiyo-Tinch okeani mintaqasida O‘zbekistonning eng yetakchi bo‘lgan savdo sherigi hisoblanadi. O‘tgan yil ko‘rsatkichlariga ko‘ra ikki davlat o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi 1 mlrd dollardan ortdi. Janubiy Koreyaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi esa 7 mlrd dollardan ko‘payib ketdi.

Muzokaralarda Shveysariya tomonidan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliyaviy sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Butunjahon banki Shveysariya guruhi doirasida hamkorlik masalalari o‘rganib chiqilib, kelishildi.

Yoxan Shnayder-Amman O‘zbekistonga tashrif buyurishi va sheriklar bilan uchrashuv o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Shveysariya bilan 2017-yil iyun oyida Surixda o‘tkazilgan biznes-forum jarayonida qator kelishuvlar amalga oshirilmoqda. Shveysariya sarmoyalari asosida farmatsevtika, to‘qimachilik, oziq-ovqat, kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa sohalarda investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0