O‘zbekiston va Qozog‘iston diplomatik munosabatlarning 25-yilligini nishonlamoqda

© Sputnik / Bolat ShayxinovShavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev
Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anjumanning sho‘’ba yig‘ilishlarida siyosat, iqtisod, transport sohalarida hamkorlikning istiqbollari, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarning davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashdagi roli kabi masalalar ochiq va konstruktiv ruhda muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. 2017 yil 31-oktabr kuni Toshkentda "O‘zbekiston-Qozog‘iston: diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25-yilligi" mavzuyida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri

Prezidenti Uzbekistana i Kazaxstana - Shavkat Mirziyoyev i Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev Toshkentda: harbiy birodarlik va kosmik istiqbollar
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qozog‘iston strategik tadqiqotlar instituti tomonidan tashkil etilayotgan xalqaro anjumanda vazirlik va idoralar, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpuslar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, ikki mamlakat nufuzli tahliliy markazlari rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari bir necha bor uchrashib, o‘zaro hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish borasida kelishib oldilar. Bu uzoq muddatli strategik manfaatlar, ikki davlat oldida turgan vazifalarni hamkorlikda hal etish yo‘lidagi sa’y-harakatlar yakdilligining yorqin tasdig‘i bo‘ldi.

Anjumanning sho‘’ba yig‘ilishlarida siyosat, iqtisod, transport sohalarida hamkorlikning istiqbollari, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarning davlatlararo munosabatlarni mustahkamlashdagi roli kabi masalalar ochiq va konstruktiv ruhda muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0