Tramp: grin-karta lotereyasi orqali AQShga "unchalik yaxshi odamlar" kelmaydi

© REUTERS / Carlos BarriaPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Radioboshlovchi Xaui Karruga bergan intervyusi davomida Tramp AQShga grin-karta orqali Nyu-Yorkda teraktni amalga oshirgan o‘sha "hayvon" singarilar kelishini ta’kidlab o‘tgan edi, deb yozadi RIA Novosti.

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp lotereya orqali yutib olinadigan grin-kartalar orqali Amerikaga "unchalik yaxshi odamlar kelmaydi", deya bayonot qildi.

Sud nad Sayfullo Saipovim - Sputnik O‘zbekiston
O‘lim jazo yoki Guantanamo qamog‘i: AQShda Soipovga nisbatan sud boshlandi
Ilgariroq Tramp Nyu-Yorkda teraktni amalga oshirgan Sayfullo Saipov AQShga O‘zbekistondan 2010-yilda, AQSh Davlat Departamenti tomonidan o‘tkaziladigan grin-karta lotereyasini yutib olib, kelganligi haqida ma’lum qilgan edi.

"Agar siz lotereya tizimi va ushbu lotereya orqali mamlakatimizga kirib kelayotganlarga e’tibor bersangiz… Sizga ayonki, davlatlar o‘zlarining yaxshi, eng sara kishilarini bermaydilar", — degan Tramp o‘zining Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Radioboshlovchi Xaui Karruga bergan boshqa bir intervyusi davomida Tramp AQShga grin-karta orqali Nyu-Yorkda teraktni amalga oshirgan o‘sha "hayvon" singarilar kelishini ta’kidlab o‘tgan edi, deb yozadi RIA Novosti.

Amerika prezidenti yana bir karra ushbu dasturga nuqta qo‘yish kerak, dedi. U shuningdek, "zanjirli" immigratsiyani ham tugatish vaqti kelganligini qo‘shimcha qildi. 

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Nyu-York markazida, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Sayfulla Soipov yuk avtomobilida terakt uyushtirigan edi. Uning oqibatda 8 kishi qurbon bo‘lgan va 10 dan ortiq kishi jarohatlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0