20:09 23 Noyabr 2017
Efir
Predstavitel YES po voprosam bezopasnosti Federika Mogerini

Mogerini payshanba kuni Mirziyoyev bilan uchrashadi

© Flickr/ PROMinisterie van Buitenlandse Zaken
Siyosat
Havola olish
261 0 0

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi Shavkat Mirziyoyev qabulida boʻlishi hamda Samarqandda boʻlib oʻtadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida ishtirok etishni rejalashtirgan.

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Frederika Mogerini payshanba kuni Oʻzbekistonga keladi va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.

Delegatsiya tarkibida Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot boʻyicha Yevropa komissari Neven Mimitsa va boshqa rasmiy shaxslar ham kiradi.

Xabarda aytilishiga koʻra, Yevropa Ittifoqining yuqori mansabdor vakillarini Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilishi rejalashtirilgan.

Tashrif dasturiga koʻra YEI delegatsiyasi Samarqand shahrida 10-11 noyabrda boʻlib oʻtadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik” muvzuidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

Asosiy mavzular