20:09 23 Noyabr 2017
Efir
Prezident Islamskoy Respubliki Afganistan Ashraf Gani Axmadzay

Muhammad Ashraf Gʻani Mirziyoyevga maktub yoʻlladi

Fotoxost-agentstvo
Siyosat
Havola olish
666 0 0

Mening va Afgʻoniston delegatsiyalarining Oʻzbekistonga soʻnggi safarlari mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanimizning yaqqol tasdigʻidir, deyiladi Muhammad Ashraf Gʻani tomonidan yoʻllangan maktubda

TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevna yoʻllagan maktubida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik bundan keyin ham faqat kengayib boraverishiga shonch bildirdi, deb xabar qilind Oʻzbekiston TIV rasmiy saytida.

Maktub avvalida Afgʻoniston rahbari Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 25 yilligi munosabati bilan yoʻllagan tabrigi uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib oʻtgan.

"Qadrli birodarim, muhtaram Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti!

Xalqlarimizning tili, dini va madaniyati yaqin ekani oʻzaro doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash uchun muhim asos boʻlib xizmat qilmoqda. Afgʻoniston va Oʻzbekiston Respublikasi xalqlarimiz manfaatiga xizmat qiladigan oʻzaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash boʻyicha salmoqli qadamlar tashladi. Mening va Afgʻoniston delegatsiyalarining Oʻzbekistonga soʻnggi safarlari mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanimizning yaqqol tasdigʻidir. Sizga va butun oʻzbek xalqiga ushbu yillar mobaynida koʻrsatilgan yordam uchun oʻz minnatdorligimni bildiraman.

Afgʻoniston mamlakatlarimizni yanada yaqinlashtirish va iqtisodiyotimizni rivojlantirishga xizmat qiladigan qoʻshma loyihalar ustida ishlashni davom ettiradi.

Mamlakatlarimiz oʻrtasida hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish yoʻlidagi saʼy-harakatlaringiz uchun Sizga yana bir bor tashakkur izhor etaman. Bu hamkorlik bundan keyin ham faqat kengayib boraverishiga ishonchim komil.

Soʻzim oxirida Siz, Janobi Oliylariga yana bir bor mustahkam sogʻliq, xalqingizga baxt va farovonlik tilayman", — deyilgan maktubda.

Asosiy mavzular