20:09 23 Noyabr 2017
Efir
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 8 noyabrya prinyal gubernatora goroda Sankt-Peterburg Georgiya Poltavchenko

Mirziyoyev Poltavchenkoni qabul qildi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
161 0 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 noyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenkoni qabul qildi

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik.  Shavkat Mirziyoyev va Georgiy Poltavchenko uchrashuvida Oʻzbekiston va Sankt-Peterburg shahri oʻrtasidagi anʼanaviy yaqin va oʻzaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Bugungi kunda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 200 million dollarni tashkil qilmoqda. Sankt-Peterburg shahrida 1 millionga yaqin oʻzbekistonliklar mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Shaharning yetakchi oliy oʻquv yurtlarida 3 mingdan ziyod oʻzbek yoshlari taʼlim olishmoqda.

Oʻzaro savdo hajmini oshirish va yetakchi korxonalar oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Sogʻliqni saqlash, taʼlim va turizm sohalarida qoʻshma dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Sankt-Peterburg shahri gubernatoriPoltavchenko  Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Oʻzbekiston bilan ustuvor yoʻnalishlarda keng koʻlamli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Asosiy mavzular