20:09 23 Noyabr 2017
Efir
Kapitoliy - zdaniye Kongressa SSHA v Vashingtone

Amerikalik siyosatchilar: Toshkent Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi siyosiy muhitni shakllantirdi

© Flickr/ Roman Boed
Siyosat
Havola olish
99021

AQSH Kongressi vakillari Toshkentning qoʻshni mamlakatlar bilan hamkorlikni izchil kengaytirib borayotgani Markaziy Osiyo mintaqasida mutlaqo yangi siyosiy muhitni shakllantirish imkonini yaratganini qayd etishdi

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Oliy Majlis Senati aʼzolari va Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat Oʻzbekiston delegatsiyasi shu kunlarda AQShning Vashington shahrida boʻlib turibdi. Delegatsiya AQSH Kongressida qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

Xususan, Xelsinki komissiyasi raisi, senator Rojer Uiker, Chet el ishlari boʻyicha qoʻmita katta aʼzosi Eliot Enjel hamda yetakchi kongressmenlar bilan muzokaralar olib borildi. AQSH Senatining xalqaro munosabatlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi katta mutaxassislari hamda Kongress tadqiqot xizmati ekspertlari bilan amaliy muloqotlar oʻtkazildi.

Amerikalik siyosatchilarga Oʻzbekistonda 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi doirasida roʻyobga chiqarilayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Parlamentning davlat hokimiyatining mustaqil tarmogʻi sifatidagi rolini mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Oliy Majlisga ijro organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish boʻyicha keng vakolatlar berilgani qayd etildi. Ichki va tashqi siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan parlament eshituvlari amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Deputatlar hamda senatorlar joylarda saylovchilarning muammolarini bevosita hal qilish maqsadida oʻz faoliyatini yanada kuchaytirdi.

AQSH Kongressi vakillari Oʻzbekiston tashqi siyosati faollashganini qoʻllab-quvvatlashlarini bildirdi. Toshkentning qoʻshni mamlakatlar bilan hamkorlikni izchil kengaytirib borayotgani Markaziy Osiyo mintaqasida mutlaqo yangi siyosiy muhitni shakllantirish imkonini yaratdi. Respublika rivojlangan Gʻarb mamlakatlari, shu jumladan, Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil sentyabr oyida AQShga tashrifi, Oʻzbekiston — Amerika biznes forumi natijalariga yuksak baho berildi.

Muzokaralarda parlamentlararo aloqalarni, jumladan, ikki mamlakat parlamentlari aʼzolari va devonlari xodimlari oʻzaro tashrif almashuvlarini tashkil qilish orqali chuqurlashtirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.

Delegatsiya aʼzolari AQSH shtatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida mamlakatning boshqa hududlariga ham tashrif buyurishadi.

Asosiy mavzular