16:42 21 Noyabr 2017
Efir
Glavы MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana

Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Turkmaniston TIV rahbarlari tarixiy hujjatni imzoladilar

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)
51920

Uch davlatning chegaralari tutashgan nuqtasi joylashgan oʻrnini aniqlash va uning hudida davlat chegaralarini delimitatsiya qilish maqsadida uch tomonlama hujjat imzolandi.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Bugun Samarqand shahrida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash boʻyicha "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzuida xalqaro konferentsiya boshlandi.

Konferentsiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.

"Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kayrat Abdraxmanov va Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi oʻrinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi toʻgʻrisida shartnomani imzoladilar", — deb xabar qildi voqea joyidan Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Ushbu shartnoma ratifikatsiya qilingan yorliqlar almashilgan kundan boshlab kuchga kiradi.

Konferentsiyaning ochilish marosimida nutq soʻzlagan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tarixiy hujjat bir-biriga qoʻshni boʻlgan uch mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlikni yanada mustahkamlashini taʼkidlab oʻtdi.

Glavы MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana
Sputnik
Glavы MID Uzbekistana, Turkmenistana i Kazaxstana

Mavzu:
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)

Asosiy mavzular