16:41 21 Noyabr 2017
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaviy iqtisodiy forumini tashkil qilishni taklif etdi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)
203 0 0

Oʻzbekiston prezidenti erishilgan birinchi natijalar - bu oʻz-oʻzini tinchlantirishga asos boʻla olmasligini taʼkidladi

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Samarqandda boʻlib oʻtayotgan xalqaro anjumanda Shavkat Mirziyoyev mintaqaviy iqtisodiy forumni tashkil etishni taklif qildi.

"Soʻnggi paytda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻz chegaralarining 85 foizi yuzasidan kelishuvga erishdi. Koʻpdan buyon davom etib kelayotgan muammolardan biri deyarli hal etildi.

Transport sohasidagi hamkorlik kengaydi. Tojikiston bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlar tiklandi. Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, chegaraoldi hududlar oʻrtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda, madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlar faollashmoqda.

Shu bilan birga, qoʻlga kiritilgan dastlabki natijalardan xotirjamlikka berilishimiz mumkin emas, biz hali yoʻlning boshida turibmiz, deb hisoblayman", — dedi Mirziyoyev.

Prezident munosib kelajakni taʼminlash uchun bugun Markaziy Osiyo mamlakatlar oldida turgan muhim vazifalardan biri haqida gapirar ekan, eng avvalo savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperatsiyani mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish zarurligini qayd etdi.

"Mintaqaviy iqtisodiy forumni tashkil etish bu yoʻnalishdagi amaliy qadam boʻlishi mumkin.

Bu oʻrinda gap biznes hamjamiyatlari oʻrtasida bevosita muloqot va oʻzaro savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va innovatsion hamkorlik borasidagi aniq loyihalarni atroflicha muhokama qilish haqida bormoqda.

Bizning mintaqa mamlakatlari ishbilarmon doiralari hamda yetakchi korxonalar vakillari bilan bir necha bor oʻtkazgan uchrashuvlarimiz iqtisodiy aloqalarni sezilarli ravishda faollashtirish va oʻzaro savdo hajmini oshirish imkonini berdi.

Masalan, yil boshidan buyon Oʻzbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tovar aylanmasioʻrtacha 20 foizga, ayrim davlatlar bilan esa qariyb 70 foizga oʻsdi.

Mintaqalararo hamkorlik masalasiga alohida eʼtibor qaratilishi lozim. Shu munosabat bilan Markaziy Osiyo davlatlarining hududlar rahbarlari (hokimlari) biznes hamjamiyatining assotsiatsiyasini taʼsis etishni taklif qilaman.

BMT ekspertlarining hisob-kitoblariga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi samarali kooperatsiya aloqalari 10 yil mobaynida mintaqaviy yalpi ichki mahsulotni kamida ikki barobar oshirish imkonini bergan boʻlar edi.

Ushbu mexanizmlar butun Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni taʼminlagan holda, mamlakatlarimiz hududlarining sanoat, investitsiya va intellektual sohalardagi salohiyatini toʻla ishga solish imkonini berishiga ishonaman", — deb taʼkidladi Mirziyoyev.

Mavzu:
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)

Asosiy mavzular