16:42 21 Noyabr 2017
Efir
Ministr inostrannыx del Kazaxstana Kayrat Abdraxmanov

Qozogʻiston TIV rahbari: "Yaxshi qoʻshni ogʻaynidan afzal"

Siyosat
Havola olish
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)
35010

Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbari Qayrat Abdrahmonov rasmiy Ostona kelgusida ham qoʻshni mamlakatlar bilan ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdori ekanligini maʼlum qildi

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Samarqand shahrida oʻtkazilgan xalqaro konferentsiyada soʻzlagan nutqi davomida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "maqsadimiz — Markaziy Osiyoni gullab-yashnayotgan mintaqaga aylantirish", deya taʼkidlagan edi.

Shuningdek, prezident, 10 noyabr kuni imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi va Turkmaniston oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtasi toʻgʻrisidagi shartnoma bir-biriga qoʻshni boʻlgan uch mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro doʻstlikni yanada mustahkamlashiga qatʼiy ishonch bildirgan edi.

Oʻzbekiston rahbari soʻzlagan nutq xalqaro anjuman ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Xususan, Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmonov rasmiy Ostona kelgusida ham qoʻshni mamlakatlar bilan ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdori ekanligini alohida qayd etdi.

"Qozoq xalqida shunday naql bor — yaxshi qoʻshni ogʻaynidan afzal. Qozogʻiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari bilan ana shunday tamoyil asosida hamkorlik aloqalarni yoʻlga qoʻygan va bundan manfaatdor. Biz kelgusida ham qoʻshni mamlakatlar bilan ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdorimiz. Keyingi paytda bu borada Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlarining muhim kelishuvlarga erishganlarini alohida taʼkidlashni istardim", — dedi Abdrahmonov.

U shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tashabbusini Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev qoʻllab-quvvatlaganini aytdi hamda birinchi uchrashuvni Qozogʻiston qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Abdrahmonov Oʻzbekiston prezidenti xalqaro forumda ham mintaqa davlatlari oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishning muhim yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratganini taʼkidlab oʻtdi.

"Biz — Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bu tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda faol boʻlishimiz zarur", — deya daʼvat qildi siyosatchi.

Mavzu:
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)

Asosiy mavzular