16:43 21 Noyabr 2017
Efir
Rashid Alimov

Markaziy Osiyo Gʻarb va Sharq oʻrtasidagi chorrahadan "markaz"ga aylandi - Rashid Alimov

Foto Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)
36620

Qadimiy Samarqand shahrida oʻtkazilgan xalqaro anjuman ishtirokchilaridan biri - Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Rashid Alimov jurnalistlar bilan intervyuda Markaziy Osiyoning rivojlanish bosqichida tub burilish roʻy berganini, butun dunyo tarixiy jarayon guvohi boʻlganini qayd etdi

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. SHHT bosh kotibi Rashid Alimov Samarqand shahrida oʻtkazilgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro anjumandan olgan taassurotlari bilan oʻrtoqlashar ekan, "Bugun butun dunyo Markaziy Osiyo tarixida tub burilish yuz berganiga guvoh boʻldi", deb taʼkidladi.

Alimov, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Markaziy Osiyodagi dolzarb masalalarni hal etish uchun mintaqa mamlakatlari davlat rahbarlarining oʻzaro maslahatlashuvlari boʻyicha uchrashuvlarni muntazam tashkil qilish borasidagi tashabbusini yuksak baholadi. "Bu shubhasiz, yetakchilar, donishmandlar, shu mintaqa doirasida oʻz mamlakatlari muammolarini yaxshi his etadigan rahbarlar kengashi boʻladi. Bunday uchrashuvlar tarixning muayyan bir davrida boʻlgan, ammo vaqtincha toʻxtab qolgan, shu bugun esa ularga talab bor", — dedi SHHT bosh kotibi.

"Forumning nechogʻli muhim va dolzarbligi uning nomidan ham yaqqol koʻrinib turibdi. Anjumanda ming yilliklar davomida tarkib topgan anʼanalarga ega boʻlgan Markaziy Osiyo xalqlariga kelajakka birgalikda nazar tashlash taklif etildi. Boshqacha soʻzlar bilan aytadigan boʻlsak, qardoshlik va yaxshi qoʻshnichilik rishtalari bogʻlab turadigan mamlakatlar oʻzaro ishonchga asoslangan hamkorlik va birgalikda amalga oshiriladigan mintaqaviy taraqqiyotdan har bir davlat oʻz manfaatiga asosan naf koʻrishi mumkin, demakdir", — izoh berdi siyosatchi.

Alimov Samarqanddagi xalqaro anjuman tufayli butun dunyo Markaziy Osiyo rivojlanishida yangi burilish yuz berganiga guvoh boʻldi, deya qayd etdi.

"Bu voqea aynan Samarqandda boʻlib oʻtayotganida oʻziga xos ramziy belgi bor. Samarqand — barcha zamonlar va xalqlar shahri, afsona shahar. Qariyb uch ming yildan buyon jahon mumtoz sheʼriyati klassiklari ovozi yangrab kelayotgan, oʻz vaqtida butun sayyoraga ilm-fan, tibbiyot rivojini belgilab bergan, jahonga mashhur tabiblar yurti…

Harholda agar biz ilgarilari Markaziy Osiyoga Gʻarb va Sharq oʻrtasidagi chorraha, deb qaragan boʻlsak, bugun u "geosiyosat markazi"ga aylandi. Aminmanki, biz bugun Markaziy Osiyoning rivojlanish bosqichida tub burilish roʻy bergan tarixiy jarayon guvohi boʻldik" — deb oʻz fikrini yakunladi Alimov.

Eslatib oʻtamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida oʻtkazilgan mazkur forum Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taʼminlash masalalariga qaratildi.

Anjumanda mintaqa davlatlarining tashqi ishlar vazirlari, BMT, Yevropa Ittifoqi, YEXHT, SHHT, MDH, YETTB kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, taniqli ekspertlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jami 500 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Ikki kun davom etgan forumda Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, suv-energetika, ekologiya va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik surʼatini oshirishning aniq yoʻnalishlari, shuningdek, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilindi.

Mavzu:
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)

Asosiy mavzular