16:58 21 Noyabr 2017
Efir
Oqboʻtayev Himmat Qoʻchqorovich

Masʼuliyatsizlikda ayblanib, ishdan olingan Oqboʻtayev yana rahbarlik vazifasiga qaytarildi

© Qalampir
Siyosat
Havola olish
303851

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 5 oylik sinovdan keyin 2017 yil 10 noyabr kuni Samarqand viloyati etib tasdiqlangan Turobjon Joʻrayev prezident ishonchini yoʻqotgan sobiq hokimni yana rahbarlik lavozimiga qaytardi. Oqboʻtayevga yana bir imkon berildi

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Samarqand viloyat hokimi Turobjon Joʻrayev Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon tumani kengashining navbatdan tashqari 24 sessiyasida Himmat Qoʻchqorovich Oqboʻtayevni Qoʻshrabot tumaniga hokim etib tasdiqladi.

Ilgariroq Qoʻshrabot tumani hokimi sogʻligʻi tufayli vazifasidan ozod etilgani haqida xabar qilgan edik.

Eslatib oʻtamiz, Samarqand viloyatining sobiq hokimi Himmat Oqboʻtayev joriy yilning 12 iyun kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil birinchi yarmida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishi davomida egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi.

Joriy yil 10 iyun kuni Samarqand viloyatida boʻlgan Mirziyoyev hududlarni rivojlantirish borasida davlat organlarining oʻrni va masʼuliyati haqida soʻz yuritar ekan, ayrim rahbarlarning befarqligi va harakatsizligi oqibatida bu hududda juda koʻplab jiddiy muammolar toʻplanib qolgani maʼlum boʻlganini qattiq tanqid qilgan edi.

Ayniqsa, viloyat hokimi va uning oʻrinbosarlari, shahar va tumanlar hokimlari, viloyat idoralari rahbarlari oʻrtasida amaliy va sogʻlom munosabatga putur yetgani — Samarqandning bugungi taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini alohida qayd etgan edi.

"Viloyat hokimining jamoatchilik va rahbarlar fikrini inobatga olmasdan ish tutishi, ijrochilar oldiga sayoz oʻylangan vazifa va topshiriqlarni qoʻyishi, unda jurʼat va tashabbuskorlik, masʼuliyatni dadillik bilan oʻziga olish fazilatlari yetishmasligi hozirgi vaqtda viloyatda oʻta jiddiy va dolzarb vazifalarni hal etish imkonini bermayapti. Xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot mavjud emas, ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarda uzilish paydo boʻlgan", — deya qayd etgan edi prezident.

2016 yil 23 dekabrdan Samarqand viloyat hokimi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelgan Himmat Oqboʻtayev bosh vazir oʻrinbosari hamda qishloq va suv xoʻjaligi vaziri lavozimiga tayinlangan Zoyir Mirzayev oʻrnini egallagan edi.

Yaqinda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyoga bagʻishlangan xalqaro anjuman oldidan Samarqandga safar uyushtirgan prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ayrim natijalarni qisqacha tahlil qilib, Samarqand viloyatiga yangi hokimni tasdiqlash oldidan, yana sobiq hokim Oqboʻtayevning kamchiliklariga toʻxtalib oʻtgan edi.

"Afsuski, viloyat sobiq rahbarining mavjud imkoniyatlarni toʻliq safarbar qilishga qurbi yetmadi, viloyat ahlini jipslashtirish va unga boshchilik qilishni eplamadi, oʻzini masʼuliyatli ishlardan chetga oldi. Shu sababli joriy yil iyun oyida H.Oqboʻtayevni vazifasidan ozod qilib, Turobjon Joʻrayevni viloyatga vaqtincha rahbar etib tayinladik…", — dedi prezident.

Mirziyoyev, shuningdek, viloyatga hokim tayinlash oldidan xalq deputatlari viloyat Kengashidagi siyosiy partiyalar guruhlari bilan, viloyat faollari va oqsoqollari bilan atroflicha maslahatlashganini maʼlum qildi.

"Shu asosda men katta tajribaga ega boʻlgan, bir necha yillar davomida vazir, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida hokim boʻlib ishlagan, bugungi kunda Samarqand viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Turobjon Ikromovich Joʻrayev nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya etaman", — dedi Mirziyoyev.

Turobjon Joʻrayev 1966 yilda tugʻilgan. Oʻz faoliyati davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida dars bergan, Moliya vazirligida boshqarma boshligʻi, vazir oʻrinbosari boʻlib ishlagan.

Keyin xalq taʼlimi vaziri, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimi lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan.

2017 yilda Bekobod tumani hokimi, iyun oyidan buyon esa Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Oʻzbekiston rahbarining soʻzlariga oʻra, Turobjon Joʻrayev iqtisodchi olim, katta amaliy tajribaga ega rahbar sifatida oʻtgan 5 oy mobaynida Samarqand viloyatining iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasining ichiga kirib bora oldi, odamlar bilan yaqindan muloqot qilib, ularning ishonchini qozondi.

Mirziyoyev Samarqand viloyatining hozirgi hokimiga katta ishonch bildirdi.

"U bundan buyon ham zimmasidagi ulkan masʼuliyat va javobgarlikni chuqur his qilgan holda, Samarqand ahli bilan til topishib, bu koʻpni koʻrgan, mard va olijanob elga munosib boʻlib ish olib boradi, deb ishonaman", — degan edi prezident.

Asosiy mavzular