20:09 23 Noyabr 2017
Efir
Portfel s dokumentami

Yangi tayinlov: Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari oʻzgardi

Sputnik / Aleksey Drujinin
Siyosat
Havola olish
689 0 0

Odilxon Rustamov Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Odilxon Bakiyevich Rustamov Toshkent viloyati hokimining Sanoatni rivojlantirish, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi, deb xabar qilindi viloyat hokimligining rasmiy saytida.

Rustamovgacha ushbu lavozimda Mahmud Sotivoldiyevich Abdurahmonov ishlab kelayotgandi, deb yozadi "Uz24" nashri.

Odilxon Rustamov 2001-2005 yillarda Toshkent shahar Chilonzor, Uchtepa tumanlari davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi, 2005-2009 yillarda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Xorazm va Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmalari boshligʻi, 2009 yilning martidan 2016 yil martiga qadar Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2016 —2017 yillarda "Oʻzbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasiga raislik qilgan. Joriy yilning iyul oyidan Toshkent shahar Shayxontohur tumani hokimi lavozimida ish boshlagan.

 

Asosiy mavzular