16:39 21 Noyabr 2017
Efir
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov vo vremya vizita v Kыrgыzstan

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Germaniyaga tashrif buyuradi

© Pravitelstvo Kыrgыzskoy respubliki
Siyosat
Havola olish
317 0 0

Boʻlajak Oʻzbekiston-Germaniya biznes furumi doirasida va tashrif yakuniga koʻra iqtisodiyot va investitsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda

TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. 2017 yil 14-17-noyabr kunlari Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, tashrif davomida Myunxen shahrida Bavariya Federal yeri Bosh vaziri Horst Zeehofer va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kutilmoqda.

Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qoʻmitasi va Germaniya-Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashining majlislarida ishtirok etadi, "KfV" Germaniya taraqqiyot banki va GFR yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazadi hamda Oʻzbekiston bilan hamkorlik oʻrnatishga qiziqish bildirgan baʼzi yirik zamonaviy korxonalarga tashrif buyuradi.

Boʻlajak Oʻzbekiston-Germaniya biznes furumi doirasida va tashrif yakuniga koʻra iqtisodiyot va investitsiya sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular