16:45 21 Noyabr 2017
Efir
Chto Atambayev skazal o YEAES i prixotyax odnogo cheloveka

Atambayev "baraban" boʻlgan Akayevning boshi va ayrim podshohchalarning xarxashasi haqida gapirdi

Sputnik / Emil Sadыrov
Siyosat
Havola olish
111113

Qirgʻiziston prezidentining fikricha, Qozogʻiston rahbariyatining harakatlari va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining harakatsizligi ittifoq shaʼniga katta dogʻ tushirmoqda

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Qirgʻiziston Respublikasini barqaror rivojlantirish boʻyicha Milliy kengash majlisida prezident Almazbek Atambayev YEOIIdagi ahvolni hamda qirgʻiz-qozoq chegarasidagi holatni keskin tanqid qildi.

Atambayevning soʻzlariga koʻra, biznesni rivojlantirish uchun yirik bozor kerak va Qirgʻiziston YEOIIga "katta umidlar" bilan qadam qoʻygan. Atambayev bu qaror toʻgʻriligini taʼkidlagan holda, mamlakat ushbu uyushma tarkibida qolishi kerak, dedi.

"Men har kuni Rossiya va Qozogʻiston OAVlarini oʻqib boraman, ularning yozishicha, Atambayev YEOIIni qulatish niyatida emish. Bu gʻirt safsata. Qirgʻizistonning ittifoqdan chiqish niyati boʻlmagan va chiqmaydi ham", — dedi Atambayev.

Qirgʻiziston rahbari, aslida respublika mana bir oydan ziyod vaqt boʻlibdiki, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidan ajralib qolganini maʼlum qildi.

"Bularning hammasi Qozogʻiston rahbariyati xarxashalari tufayli. Xoʻsh, qaysi birimiz ittifoqqa barham bermoqchi ekanmiz? Buni faqat oʻta ketgan ahmoqlar koʻrmaydi, va koʻrishni istamayotganlar buyurtma maqolalarni yozish bilan band. Qonunni hurmat qilish va ichki ishlarga aralashmaslik talabini qoʻygani uchun Qirgʻizistonni qamalda qoldirishdi. Agar hammasi kelishuvlarga emas, ayrim prezidentlarning xarxashasiga bogʻliq ekan, YEOII yuqori madaniyatli iqtisodiy blokka aylana olarmikin? Ittifoqqa aʼzo mamlakatlar rahbarlarining butkul befarqligi meni hayratga solmoqda. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi rahbari Tigran Sargsyan hozir bu muammo haqida bong urishi kerak emasmidi? Ular hammasiga tupurgan", — deb taʼkidladi Atambayev.

Qirgʻiziston prezidentining fikricha, Qozogʻiston rahbariyatining harakatlari va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining harakatsizligi ittifoq shaʼniga katta dogʻ tushirmoqda.

"Qogʻozlarda bori amal qilmaydigan, hammasi allaqanday podshohchaning xarxashalariga bogʻliq joyga kim ham aʼzo boʻlishni istardi?", — deb savol bergan Atambayev.

Atambayev shuningdek, 2014 yil "boshqa bir prezidentning xarxashasi tufayli bizni gazdan mahrum qilishgandi", — deya eslatib oʻtdi.

"Oʻshanda koʻpchilik qarib qolgan diktatorga taʼzimga borishni taklif etgan edi… Oʻz vaqtida esa Askar Akayevning boshi Yeltsin uchun eng yaxshi baraban vazifasini oʻtagan", — dedi prezident.

Atambayev mamlakatning yangi saylangan rahbarini, bosh vazirni va hamda JQ spikerini bu kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi.

"Agar oʻzimizni hurmat qilmasak, kim bizni hurmat qiladi? Hozir ham kechirim soʻrash kerakligi, yetti bukilib taʼzim qilish lozimligi haqida qichqirishmoqda… Bu gaplar mamlakatimizni qadrlamaydigan "siyosiy axlat"ning ogʻzidan chiqyapti. Men nima uchun kechirim soʻrashim kerak? Qirgʻizistonning qonunlarini hurmat qilishni, uning ichki ishlariga aralashmaslikni talab qilganim uchunmi? Kechirimni Atambayev emas, balki surbetlarcha boshqa mamlakatning ishlariga aralashib, oʻzining "gumashtasini" bizga tiqishtirmoqchi boʻlgan soʻrasin. Uning gumashtasi oʻtiradi, lekin prezidentlik kursisiga emas, qamoqqa oʻtiradi", — dedi Atambayev.

Qirgʻiziston rahbari respublika 2010 yildagi qamalni, 2014 yildagi energetika qamalini yengib oʻtganini aytib, bunisini ham yengib oʻtishiga ishonch bildirdi.

Asosiy mavzular