Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevning kuyovi bilan do‘st tutindi

© Instagram / Ramzan KadirovRamzan Kadirov i Oybek Tursunov
Ramzan Kadirov i Oybek Tursunov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z Instagramida O‘zbekistonga uyushtirgan safari davomida Shavkat Mirziyoyevning kuyovi - Oybek Tursunov bilan tanishgani haqida hikoya qilgan

TOShKENT, 20 noya — Sputnik. Ramxan Qodirov Oybek Tursunovdek ajoyib birodar va inini topdim, deb yozib, uning o‘qimishliligi, vijdonliligi va kamtarinligi haqida alohida to‘xtalib o‘tgan.

Eng muhimi, Oybek Tursunovning O‘zbekiston kelajagiga bo‘lgan ishonchi qat’iy, deya etirof etgan Checheniston rahbari.

Glava Chechni Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert Ramzan Qodirov O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi
"Oybek Tursunov singari ajoyib do‘st va inini topganim, men uchun katta baxt. U o‘ta o‘qimishli, vijdonli va kamtarin yigit. Uning davlat darajasidagi fikrlash ko‘lami, o‘z Vatani — O‘zbekiston kelajagiga bo‘lgan qat’iy ishonchi menga juda manzur bo‘ldi! Oybek Tursunovdek yigitlar bor ekan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z atrofiga o‘ziga safdosh va maslakdosh bo‘lgan ajoyib jamoani to‘plaganini angladim. Aziz inim, mening uyim eshigi sen uchun hamisha ochiq! Albatta, biz Buxoro va Samarqanddagi singari xushta’m palovni tayyorlay olmaymiz, ammo sen O‘zbekistonda tatib ko‘ra olmaydigan chechen taomlari bilan mehmon qilamiz! Shuningdek, endi sening Chechenistonda ham qo‘rg‘oning borligini aytmoqchiman", — deb yozgan Qodirov.

 

Eslatib o‘tamiz, Ramzan Qodirov joriy yilning oktabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurib, Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0