12:29 20 Yanvar 2018
Efir
Prezident Islamskoy Respubliki Afganistan Ashraf Gani Axmadzay

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani 4 dekabr kuni Oʻzbekistonga keladi

Fotoxost-agentstvo
Siyosat
Havola olish
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)
32120

Oʻzbekiston Tashqi ishlar mahkamasi rahbari Abdulaziz Kamilov chorshanba kuni Afgʻoniston rahbariyati vakillari bilan Ashraf Gʻanining respublikaga tashrifini muhokama qildi

TOSHKENT, 29 noya — Sputnik. Afgʻoniston rahbari Ashraf Gʻani 4 dekabr kuni Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, bu haqda Afgʻonistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

Muzokaralar davomida Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyati bilan ikkiyoqlama hamkorlik masalalari muhokama etilishi rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga koʻra, 2017-yilning 29-noyabr kuni Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Afgʻoniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar boʻyicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy va Prezidentning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.

Muzokaralarda oliy darajada boʻlajak Oʻzbekiston-Afgʻoniston uchrashuviga tayyorgarlik koʻrishning amaliy masalalari, xususan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.

Mavzu:
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)

Asosiy mavzular