Afg‘oniston prezidenti Toshkentga keldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Ashrafom Gani
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Ashrafom Gani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. Tashrifning asosiy tadbirlari 5-6 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 5 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 4-dekabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Ashrafom Gani - Sputnik O‘zbekiston
Ashraf G‘ani O‘zbekistonga nima maqsadda kelmoqda?
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng Afg‘oniston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 5-6 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi uchrashuvlarda O‘zbekiston va Afg‘oniston munosabatlarining bugungi holati va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari va dolzarb xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan-ta’lim va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, shuningdek, tijorat shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Afg‘oniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi dasturidan, shuningdek, Buxoro shahrini ziyorat qilish ham o‘rin olgan. Oliy martabali mehmon Buxoro davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashadi hamda ular huzurida ma’ruza qiladi.

Yangiliklar lentasi
0