12:09 18 Dekabr 2017
Efir
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Ashrafa Gani

"Navoiydan bir bayt": Afgʻoniston prezidenti oʻz nutqini oʻzbek tilida boshladi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)
135451

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani OAV vakillari bilan uchrashuvi chogʻida Shavkat Mirziyoyevga "birodarim" deya murojaat qildi va butun afgʻon xalqi nomidan oʻzbek xalqiga samimiy salom va tilaklarni yetkazdi

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Koʻksaroyda oʻtgan muzokaralar yakunida OAV vakillari bilan uchrashuvi chogʻida Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani oʻz nutqini oʻzbek tilida boshladi.

Ashraf Gʻani oʻzbek tilidagi nutqi chogʻida oʻtgan yillar davomida Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari zaif boʻlganligini aytdi va ushbu tarixiy tashrif endilikda mamlakatlarning oʻzaro aloqasiga yangicha mazmun berishini taʼkidladi.

"Biz oʻzaro aloqalarni tiklagani kelganmiz", — dedi oʻzbek tilida Afgʻoniston prezidenti.

Ashraf Gʻani, shuningdek, Afgʻonistondagi uchinchi rasmiy til — oʻzbek tili ekanligini va bundan afgʻon xalqi nihoyatda iftixor qilishini qoʻshimcha qildi.

Afgʻoniston prezidenti, shuningdek buyuk mutafakkir Alisher Navoiy ijodidan bir bayt oʻqib berdi. 

Afgʻoniston prezidentining oʻzbek tilidagi nutqi uchrashuv ishtirokchilarida iliq taassurot qoldirdi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ashraf Gʻanining oʻzbek tilidagi nutqini olqishlab, bu ikki xalqning tarixi, tili, madaniyati yaqinligidan dalolat ekanligini qayd etdi.

"Kecha yarim soat gaplashganimizdan soʻng bizga tarjimon kerak boʻlmay qoldi", — dedi Mirziyoyev.

Prezidentlar ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda boʻlib oʻtgan muzokaralar va imzolangan hujjatlar Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Mavzu:
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)

Asosiy mavzular