12:10 18 Dekabr 2017
Efir
Podpisaniye dokumentov

Oʻzbekiston va Afgʻoniston orasida imzolangan hujjatlar roʻyxati

© Sputnik/Viktor Tolochko
Siyosat
Havola olish
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)
61941

Koʻksaroy qarorgohida imzolangan hujjatlar orasida "Termez-Xayraton" koʻprigini muhofaza qilish va temir yoʻl qurilishi toʻgʻrisida bitimlar bor

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik. Koʻksaroy qarorgohida ikki davlat oʻrtasida qoʻshma hujjatlar imzolandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Davlat rahbarlari ishtirokida quyidagi hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolandi:

— Xavfsizlik masalalari boʻyicha qoʻshma komissiya tashkil etish toʻgʻrisida hukumatlararo bayonnoma;

— Termez-Hayraton koʻprigini muhofaza qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

— "Mozori Sharif-Hirot" temir yoʻlini moliyalashtirish, loyihalashtirish va qurish" loyihasini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

— "Quvvati 500 KVt boʻlgan "Surxon-Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasini qurish" loyihasini amalga oshirish hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

— Yuklarni tranzit tashish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

— Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam toʻgʻrisida davlatlararo shartnoma;

— Davlat chegaralaridan oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

— Oʻzbekiston va Afgʻoniston hukumatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo bitim;

— Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va Afgʻoniston Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida anglashuv memorandumi;

— Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Afgʻoniston Oliy taʼlim vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida idoralararo bitim;

— Qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik toʻgʻrisida idoralararo anglashuv memorandumi;

— Sertifikatlashtirish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisida idoralararo bitim;

— "Oʻzbekenergo" AJ va Afgʻoniston energetika va suv resurslari vazirligi oʻrtasida anglashuv memorandumi;

— Oʻzbekiston va Afgʻoniston savdo-sanoat palatalari oʻrtasida anglashuv memorandumi;

— Bojxona ishlarida hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisida hukumatlararo bitim.

Shuningdek, Koʻksaroydagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston va Afgʻoniston prezidentlarining Qoʻshma bayonoti imzolandi.

Ushbu imzolangan hujjatlarning ijrosi shaxsan ikki davlat prezidentlari nazoratida boʻladi.

Mavzu:
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)

Asosiy mavzular