12:10 18 Dekabr 2017
Efir
Prezident Islamskoy Respubliki Afganistan Ashraf Gani Axmadzay

Ashraf Gʻani 400 yildan keyin odamlar oʻzi va Mirziyoyev haqida nimalar deyishini aytdi

Fotoxost-agentstvo
Siyosat
Havola olish
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)
139080

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani "Koʻksaroy"da OAV vakillari bilan uchrashuvi chogʻida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir yillik faoliyati davomida juda katta ishlarni amalga oshirganini qayd etdi

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani "Koʻksaroy"da OAV vakillari bilan uchrashuvi chogʻida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir yillik faoliyati davomida xalq manfaatlari yoʻlida juda katta ishlarni amalga oshirganini qayd etdi.

"Buyuk oʻzbek xalqi sizni oʻziga sardor etib saylaganiga bir yil toʻldi. Bu sana bilan sizni muborakbod etaman", — dedi nutqi davomida Afgʻoniston rahbari va Mirziyoyev oʻtgan bir yil davomida Afgʻoniston bilan oʻzaro munosabatni yangi bosqichga chiqarganini qoʻshimcha qildi.

Oʻz nutqini oʻzbek tilida boshlagan Ashraf Gʻani jurnalistlarga Navoiy ijodidan bir bayt oʻqib berdi:

Odami ersang, demagil odami

Oni-kim, yoʻq xalq gʻamidin gʻami.

Afgʻoniston prezidenti bu baytni bejizga tanlamadi. Bu bilan u har bir rahbar xalq dardi bilan yashashi kerak, demoqchi boʻldi.

Ashraf Gʻani oʻz nutqi davomida Oʻzbekiston prezidenti yuksak minbarlardan turib afgʻon xalqi taqdiri haqida kuyinib gapirgani, Afgʻonistondagi mojarolarni faqat tinchlik yoʻli bilan hal etish va uning iqtisodini yuksaltirishga doir tashabbuslarini alohida eʼtirof etib, afgʻon xalqi buni oʻz yuragiga yaqin qabul qilganini aytdi.

"Bugungi imzo chekilgan hujjatlar davlatlararo hamkorlikning mustahkam poydevorini yasadi", — dedi ishonch bilan Ashraf Gʻani.

2018 yil ushbu hujjatlarni toʻxtovsiz, charchoqsiz amalga oshirish yili boʻlsin, deya taklif kiritdi u.

"Munosabatlarimizdagi bir asrlik tanaffusdan keyin yangi bosqichlarni tezlikda zabt etishimiz talab qilinadi. Avlodlarimiz 400 yildan keyin "Mirziyoyev va Ashraf Gʻani oʻz xalqlari qoʻllab-quvvatlashida ikki mamlakat tarixida yangi sahifalarini yozdi" deya tilga olsin", — dedi Afgʻoniston prezidenti va oʻz nutqini "Yashasin Oʻzbekiston! Yashasin oʻzbek-afgʻon doʻstligi", degan gaplar bilan yakunladi.

Mavzu:
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)

Asosiy mavzular