12:28 20 Yanvar 2018
Efir
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Afganistana Ashraf Gani

Mirziyoyev Ashraf Gʻanini "katta birodarim", deb atadi

© Ofitsialnыy veb-sayt Prezidenta Respubliki Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)
38020

Koʻksaroyda Afgʻoniston va Oʻzbekiston prezidentlarining OAV vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida Ashraf Gʻanini "Katta birodarim", deb atadi

TOSHKENT, 5 dek — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkentdagi "Koʻksaroy" qarorgohida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakuni boʻyicha Oʻzbekiston va Afgʻoniston prezidentlarining qoʻshma bayonotlari oʻta samimiy ruhda kechdi. Ashraf Gʻani va Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida bir-birlariga bir necha marotaba "birodarim" deya murojaat qildilar.

Afgʻoniston prezidenti oʻz nutqi davomida Mirziyoyev tomonidan Afgʻoniston boʻyicha bildirilayotgan tashabbuslarni eʼtirof etdi va bugungi uchrashuv davlatlararo hamkorlikni mustahkamlashda poydevor yasaganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston prezidenti oʻz navbatida Ashraf Gʻaniga, uning yuzida butun afgʻon xalqiga yuksak hurmatini namoyish etdi va Afgʻoniston rahbarini "katta birodarim", deya eʼzozladi.

"Katta birodarim bilan katta rejalar qildik. Ikki prezident-birodarlar koʻp narsalarga qodirligimizni amalda koʻrsatamiz", — dedi Oʻzbekiston rahbari.

Eslatib oʻtamiz, 5 dekabr kuni Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, fan, taʼlim va boshqa sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan 20 hujjat imzolandi.

Xavfsizlik masalalari boʻyicha qoʻshma komissiya tuzish, Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam, Surxon — Puli Xumri elektr uzatish liniyasini qurish, Mozori Sharif — Shibirgʻon — Maymana — Hirot temir yoʻlini barpo etish, yuk tashish, bojxona sohasidagi aloqalar toʻgʻrisidagi hujjatlar shular jumlasidandir.

Mirziyoyev Afgʻoniston bilan bogʻliq kelgusi rejalar haqida gapirar ekan, "birinchi galdagi vazifamiz Afgʻonistonning mintaqaviy iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarga qoʻshilishi uchun har tomonlama koʻmaklashishdan iborat", dedi.

Oʻzbekiston prezidenti bu jahon hamjamiyatining Afgʻonistonda tinch taraqqiyotni taʼminlashga qaratilgan saʼy-harakatlariga uygʻun va hamohang ekanligini alohida qayd etdi.

Mirziyoyev Oʻzbekiston bundan buyon ham qoʻshni Afgʻonistonni iqtisodiy jihatdan tiklash, uning transport va energetik infratuzilmasini rivojlantirish, milliy kadrlarini tayyorlash jarayonlarida faol ishtirok etishini maʼlum qildi.

Mavzu:
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)

Asosiy mavzular