12:13 18 Dekabr 2017
Efir
Rukopojatiye

Oʻzbekiston-Turkmaniston chegarasini demarkatsiya qilish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi

Sputnik / Sergey Pyatakov
Siyosat
Havola olish
14610

Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida 1,65 ming km uzunlikdagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha muzokaralar jarayoni mart oyida qayta tiklangandi

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qoʻshma komissiya ishchi demarkatsiya ishini jadallashtirish, kelgusi yilda yigʻilishlarning va dala ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, 2017 yil 1-6 dekabr kunlari Toshhovuz shahrida (Turkmaniston) Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qoʻshma komissiya ishchi guruhlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

"Muzokaralar davomida 2017 yilda olib borilgan dala ishlarining natijalari sarhisob qilindi. Uchrashuvlar chogʻida demarkatsiya ishini jadallashtirish, kelgusi yilda yigʻilishlarning va dala ishlarni intensivlashtirishga kelishib olindi. Uchrashuv yakuniga koʻra bayonnoma imzolandi", — deyilgan xabarda.

Oʻzbekiston va Turkmaniston oʻrtasida 1,65 ming km uzunlikdagi davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha muzokaralar jarayoni mart oyida qayta tiklangandi.

Asosiy mavzular