G‘oibnazarov Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPidjak na kresle
Pidjak na kresle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bahodir G‘oibnazarovning mutaxassisligi iqtisodchi-tashkilotchi va yurist

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Shayxontohur tumaniga yangi hokim tayinlandi, deb xabar qildi UzNews nashri.

Chinovnik vixodit iz kabineta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyati hokimi paxta hosilini qo‘shib yozgani uchun ishdan olindi
"Bugun, 11-dekabr kuni Bahodir G‘oibnazarov Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlandi", — deyiladi xabarda.

Xabarda ta’kidlanishicha, bu haqda nashr muxbiriga hokimiyatdagi tegishli manbaalar xabar bergan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq u Olmazor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Bahodir G‘oibnazarovning mutaxassisligi iqtisodchi-tashkilotchi va yurist.

U 1997-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2005-yilda O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Yangiliklar lentasi
0