06:29 19 Yanvar 2018
Efir
Sammit OIS

Favqulodda sammit: Oʻzbekiston delegatsiyasi Turkiyaga otlandi

Ofitsialnыy sayt Prezidenta RK
Siyosat
Havola olish
Musulmonlar Quddus Isroil poytaxti boʻlishiga qarshi (6)
132590

Sal oldin AQSH prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil davlati poytaxti deb rasman tan olib, AQSH elchixonasini Tel-Avivdan Iyerusalimga koʻchirish boʻyicha buyruq bergan edi

TOSHKENT, 12 dek — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev Turkiyada boʻlib oʻtadigan IHT sammitida ishtirok etadi, deb xabar berdi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev boshchiligidagi delegatsiya 2017 yilning 13-dekabr kuni Istanbul shahrida (Turkiya) boʻlib oʻtadigan Islom hamkorlik tashkiloti sammitining favqulodda sammitida ishtirok etadi", — deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda sammiti Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻon tashabbusi bilan oʻtkazilmoqda. Sammit ishtirokchilari Quddus masalasi yechimi boʻyicha "yoʻl xaritasi"ni qabul qilishlari rejalashtirilgan.

Sal oldin AQSH prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil davlati poytaxti deb rasman tan olib, AQSH elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirish boʻyicha buyruq bergan edi.

Bir oz oldin Erdoʻgʻon kutilayotgan IHT uchrashuvi tub burilish yasaydigan voqea boʻlishiga ishonch bildirgan edi.

Turkiya rahbari shuningdek, AQSH Quddusni Isroil poytaxti sifatida rasman tan olib, "qon toʻkilishiga sherik boʻldi", "musulmon davlatlari esa Suveren Falastin davlati tashkil topmaguniga qadar kurashni toʻxtatmasliklari"ni qoʻshimcha qilgan edi. 

Mavzu:
Musulmonlar Quddus Isroil poytaxti boʻlishiga qarshi (6)

Asosiy mavzular