Mirziyoyev yana bir videoselektor yig‘ilishini o‘tkazdi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimidagi muammo va kamchiliklarga, xususan, O‘zbekistonda 11 mingdan ziyod shifokor yetishmasligi sababli yangidan tashkil etilayotgan tibbiyot muassasalari tomonidan aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsata olinmayotgani, buning sabablari, oqibat va yechimlariga alohida e’tibor qaratdi

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 12-dekabr kuni O‘zbekistondagi tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Koreya oliy ta’lim tibbiyot muassasasi tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimidagi muammo va kamchiliklarni hududlar kesimida tahlil qilib, joylardagi tibbiyot muassasalarining kadrlar ta’minoti va salohiyati yetarli emasligi, ya’ni bugungi kunda O‘zbekistonda 11 mingdan ziyod shifokor yetishmasligi sababli yangidan tashkil etilayotgan tibbiyot muassasalari tomonidan aholiga sifatli tibbiy yordam ko‘rsata olinmayotgani, buning sabablari, oqibat va yechimlariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi zaifligi, qishloq oilaviy poliklinikalarida zarur bo‘lgan tez tibbiy yordam shoxobchalari va dorixonalar tashkil etilmagani, xususiy tibbiyot tizimini rivojlantirishda tadbirkorlar ishiga to‘siq bo‘layotgan rahbarlar faoliyati tanqid qilindi.

Ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida farmon va qarorlar qabul qilinganiga qaramay, respublika ixtisoslashtirilgan markazlarining hududlardagi faoliyati talab darajasida tashkil etilmayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

V operatsionnie kompleksi Respublikanskogo spetsializirovannogo sentra xirurgii imeni akademika V.Vaxidova v Uzbekistane vnedrena sistema sterilizatsii vozduxa do 99,9 protsenta - Sputnik O‘zbekiston
Ishlovchi shifokor pensionerlarga nafaqa to‘liq miqdorda to‘lanadi
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya, xirurgiya, urologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, kardiologiya, dermatovenerologiya, endokrinologiya, neyroxirurgiya kabi ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyatida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xususan, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish ishlari yetarli emasligi, joylarda zamonaviy diagnostika va davolash usullari sust tatbiq etilayotgani, kasalliklarni erta aniqlash va davolash hamda aholi o‘rtasida profilaktika ishlari talab darajasida tashkil etilmayotgani muhokama qilinib, mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish kun tartibidagi ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 2018-yilning birinchi yarmida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator strategik vazifalar belgilab berildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni doimiy nazorat qilish va monitoringini yuritish maqsadida olti oylik ish rejasini ishlab chiqishi va uning qat’iy ijrosini ta’minlashi lozimligiga e’tibor karatildi. Shuningdek, bir hafta muddatda har bir hudud bo‘yicha rahbar xodimlardan iborat doimiy ishlaydigan ishchi guruhlarni tuzish va ularning samarali faoliyatini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Ishchi guruhlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda "yo‘l xaritalari" ishlab chiqilib, Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlanishi va qat’iy nazoratga olinishi qayd etildi.

Meditsinskie rabotniki - Sputnik O‘zbekiston
OTB O‘zbekiston tibbiyot sohasini yaxshilash uchun 45 million $ ajratadi
Ushbu ishlarni amalga oshirishda tekshirish emas, balki joylardagi real holatni chuqur o‘rgangan holda, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish usulini ishlab chiqish va joriy etish talab etildi.

Shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, bunda homilador ayollarga ko‘rsatilayotgan perinatal xizmatni takomillashtirish, onalar, go‘daklar va bolalar o‘limini kamaytirish, tug‘ma nuqsonli va nasliy kasalliklar bilan tug‘ilishlarning oldini olish, tug‘ruq komplekslari va bolalar shifoxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, ayollar o‘rtasida onkologik kasalliklarning oldini olish, erta aniqlash va davolash maqsadida ayollar tibbiy ko‘rigini to‘laqonli tashkil etish tizimini joriy qilish vazifasi yuklatildi.

Yangiliklar lentasi
0