Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi: xalqga xizmat ko‘rsatishning yangi shakli

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishRabota mnogofunksionalnogo sentra
Rabota mnogofunksionalnogo sentra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishning mutlaqo yangi tashkiliy asoslari joriy etilmoqda, davlat va aholi o‘zaro hamkorligining zamonaviy konsepsiyasiga poydevor qo‘yilmoqda

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti ilgariroq "Xalq qabulxonalari" negizida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilishi haqida ma’lum qilgan edi. Joriy yil 13-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev "Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Bekabad - Sputnik O‘zbekiston
Xalq qabulxonalari negizida Tezkor davlat xizmatlari agentliklari tashkil etiladi
Farmonda Davlat xizmatlari yagona reyestrini tashkil etish, davlat xizmatlarining har bir turi bo‘yicha yagona ma’muriy reglamentlar ishlab chiqish, Agentlik, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlarida axborot tizimlari, resurslari, ma’lumotlar bazalari hamda dasturiy mahsulotlarni, shuningdek, apparat-dasturiy majmualarni joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Bu davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida "Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi" degan muhim tamoyilni joriy etish imkonini beradi.

Internet va mobil texnologiyalarning faol joriy etilishi xizmatdan foydalanuvchilar davlat organlariga zarur hollarda borishlari, odatiy hollarda esa xizmatlar masofadan elektron tartibda ko‘rsatilishi bilan bog‘liq g‘oyalarning istiqbolda amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, Farmon bilan Davlat xizmatlari markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, davlat xizmatlarining sonini, ayniqsa, fuqarolar uchun bosqichma-bosqich jiddiy ravishda oshirishni hisobga olgan holda xizmatdan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatiladigan bino va inshootlarni to‘liq yangilashga zarurat mavjud.

Shu munosabat bilan mas’ul idoralarga Davlat xizmatlari markazlarining yangi qiyofasini ishlab chiqish topshirilgan, mahalliy hokimiyat organlari esa Farmon talablarini hisobga olgan holda binolarni bosqichma-bosqich yangilashni ta’minlaydi.

Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Tadqiqot: 84 foizdan ortiq o‘zbekistonliklar Xalq qabulxonalarini ma’qullaydi
Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida, shu jumladan sog‘liqni saqlash, litsenziyalash, soliq, bojxona va boshqa sohalarda jadal sifat jihatidan yaxshilashning muhim mexanizmlari, shuningdek, davlat xizmatlari bo‘yicha mobil ilovalarni ishlab chiqish, xizmatlarni olis joylarga chiqqan holda ko‘rsatish, aholi bilan tezkor aloqalar, rasmiy veb-saytlardagi internet-botlar, ijtimoiy tarmoqlar yordamida qayta aloqaning samarali tizimini tashkil etishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Shuningdek, 2018-2020 yillarda joriy etilishiga qarab Davlat xizmatlari markazlarida "yagona darcha" tamoyili bo‘yicha ko‘rsatiladigan 58 ta davlat xizmatining ro‘yxati tasdiqlandi.

Ularning qatorida uy-joylarning suv ta’minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, yakka tartibda uy-joy qurishni amalga oshirishga ruxsatnoma, turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish (propiska), ro‘yxatdan chiqarish va hisobga qo‘yish, turli arxiv ma’lumotnomalari, patentlar, guvohnomalar va rasmiy hujjatlar dublikatlarini olish kabi aholining talabi yuqori bo‘lgan xizmatlar mavjud.

Farmon bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishning mutlaqo yangi tashkiliy asoslari joriy etilmoqda, davlat va aholi o‘zaro hamkorligining zamonaviy konsepsiyasiga poydevor qo‘yilmoqda.

Aholi bilan o‘zaro bog‘laydigan yagona joy sifatida Davlat xizmatlari markazlari va Xalq qabulxonalari davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini oshirish, fuqarolarning vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, ularning davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0