Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan
Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash tadbiri boshlandi

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash tadbiri boshlandi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Jeenbekov va Mirziyoyev Ko‘ksaroyda uchrashishdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida ikki davlat kasaba uyushmalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hujjat imzolandi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha 2018-yilga ish loyihalari imzolandi.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston mamlakatlari o‘rtasida ilmiy texnikaviy kelishuvga imzo qo‘yildi. Shuningdek, soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini tuzish bo‘yicha hujjat imzolandi.

2018-2021 yillar savdo-iqtisodiy, ilmiy texnikaviy va hukumatlararo dasturi imzolandi.

Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyev va Sooronbay Jeenbekov davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotini imzoladilar.

Yangiliklar lentasi
0