04:54 18 Yanvar 2018
Efir
Tanzila Narbayeva – zamestitel premyer-ministra Respubliki Uzbekistan

Mirziyoyev Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Norboyevani qattiq tanqid qildi

Mejdunarodnыy press-klub
Siyosat
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
587781

Joylarda ayollarning ahvoli juda ogʻir, oddiy ayolni dardini hech kim bilolmayapti, dedi prezident

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga Murojaatnomasida soʻzlagan nutqida bir qancha amaldorlarni qattiq tanqid qildi. Prezident Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzilla Norboyevaning faoliyati va umuman, Oʻzbekistondagi xotin-qizlar ahvoliga alohida toʻxtalib oʻtdi.

"Xotin-qizlar masalasi boʻyicha qarorga qoʻl qoʻya olmayapman. Joylarda ayollarni ahvoli juda ogʻir. Oddiy ayolni dardini hech kim bilolmayapti. Xotin-qizlar raisi majlislarda oʻtiravermasdan javobgarlikni boʻyniga olsa", — dedi Mirziyoyev.

Oʻzbekiston prezidenti ayollar orasida oʻz joniga qasd qilish holatlari soat sayin oshayotganini alohida qayd etdi.

"Norboyevaga oʻxshagan "kottakonlar" statistika berishning oʻrniga mana shu holat haqida bong urishi kerak", — dedi prezident.

Prezident shundan soʻng Xotin-qizlar qoʻmitasi kerakmi-yoʻqmi oʻzi, degan masalani oʻrtaga tashladi va modomiki kerak ekan, uning faoliyati qay yoʻsinda boʻlishi kerak, shu haqda yaxshilab oʻylab koʻrish kerakligini aytdi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular